KORRUPTsIYaGA QARŞI KURAŞIŞ VA YoŞLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLAŞGA BAĞIŞLANGAN KENGAYTIRILGAN YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Hozirgi kunda korruptsiyaga qarşi kuraşiş – kunning eng dolzarb va muhim vazifasi bölib qoldi. Uşbu illatga qarşi nafaqat bizning mamlakatimizda, balki dunyodagi barça mamlakatlarda keskin va murosasiz kuraş olib borilmoqda.
Davlatimiz mustaqilikka erişgaç, korruptsiyaga qarşi kuraş doirasida köplab normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar qabul qilinib, şu asosda keng qamrovli işlar, korruptsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini olişga qaratilgan tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari, huquqiy-maslahat uçraşuvlari amalga oşirilib kelinmoqda.
9-dekabr kuni Xalqaro korruptsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan tuman madaniyat markazi binosida mutasaddi taşkilotlar rahbarlari va xodimlari iştirokida bölib ötgan kengaytirilgan yiğilişda ham uşbu illatga qarşi kuraşişda davlat organlari va taşkilotlari tomonidan aholining, ayniqsa ösib kelayotgan yoş avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga, şu bilan birga jamiyatda korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan maʼruzalar öqilib, fikr-mulohazalar bildirildi.
Yiğilişda Amudaryo tumani xalq taʼlimi bölimi, Davlat Xavfsizlik xizmati, Mudofaa işlari bölimi va tumandagi umumtaʼlim maktablarining direktorlari, öqituvçilar iştirok etdilar.
Yiğilişni Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismoilov kiriş sözi bilan oçib, yiğilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan taniştirib ötdi hamda tuman xalq taʼlimi bölimi tomonidan korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan huquqiy-tarbiyaviy işlarga batafsil töxtaldi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati töğrisida maʼruza qilindi. Jumladan, mazkur Qonun 6 bob, 34 moddadan iborat ekanligi, korruptsiya sözi - şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslarning manfaatlarini közlab, moddiy yoki nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişi xususida töxtaldi.
Sözga çiqqanlar “Öquvçi-yoşlarning diniy ekstremizm, terrorizm, turli diniy oqimlarga kirib qolişining oldini oliş böyiça ham öz fikr-mulohazalarini bildirib ötdilar. Jumladan, tinçlik – taraqqiyot va farovonlikning asosiy omili ekanligi, davlatimiz taraqqiyot yölida qanday ulkan, boşqalarning havasini tortadigan yutuq va marralarga erişgan bölsa, barçasining negizi yurtimizdagi tinç va osuda hayot, millatlar va fuqarolararo totuvlik, özaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizda ekanligi taʼkidlab ötildi.
Yiğilişda Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi boşliği yoşlarni milliy ğoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş borasida amalga oşiriladigan işlar xususida maʼruza qildi.
Uşbu tadbirda yoş avlodni turli yot illatlardan himoyalaş, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda taʼlim muassasalarining örni beqiyos ekanligini, bunda öquvçi-yoşlar örtasida tarğibot-taşviqot işlarini samarali taşkil qiliş, mavzuga doir uçraşuvlar va davra suhbatlari, dunyodagi siyosiy vaziyat böyiça videoroliklar namoyişlarini taşkil qiliş kerakligi böyiça tavsiyalar berildi.
Muzokaralarda iştirok etgan 40-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori Sanobar Xöjamurotova, 22-sonli maktab direktori Azim Bekberganov, 21-sonli maktab direktori T.Dosçanov, 18-sonli maktab direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi S.Yeşboyeva, 46-sonli maktabning ÇQBT rahbari A.Yeşimbetovlar muhokama etilgan masalalar böyiça öz taklif va tavsiyalarini berdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶