QIŞLOQ XÖJALIGI ISTIQBOLLI SOHAGA AYLANMOQDA
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2020-yil 6-martdagi “Paxtaçilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori sohada tub burilişlar yasalişiga zamin böldi. Aytiş mumkinki, fermerlarda iqtisodiy manfaatdorlik hissi oşib, endilikda yer egalari mahsulot işlab çiqarişda ham, narxlarni şakllantirişda ham bozor şaroitidan kelib çiqadi, davlatning tarmoqqa aralaşuvi kamayadi. Yaʼni, dehqon yerning haqiqiy egasiga aylanadi.
Buningdek ijobiy özgarişlar tumanimiz dehqonlarini ham mahsulot yetiştiriş hajmini oşirişga, ekin maydonlaridan samarali foydalanişga ruhlantirdi.
Şu boisdan köklam ob-havosi noqulay kelgan, vegetatsiya davrida suv taqçilligi ekinlar normal rivojlanişiga taʼsirini ötkazgan joriy yilda ham tumanimizda paxta tayyorlaş rejasi ortiği bilan ado etildi.
Köklamda tumanimizning 350 ta fermer xöjaliklari ekin maydonlarining 15030 gektariga çigit ekilgan edi. Şuning 3762 gektariga “S-47-27”, 9517 gektariga “Sulton”, 1751 gektariga esa yangi navli uruğ ekildi. Fermer xöjaliklari uşbu maydonlardan 45750 tonna hosil yetiştirib topşirişi yuzasidan masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxtaçilik klasteri bilan kontraktatsiya şartnomalari tuzişgan edi.
Paxta uruğini ekiş, unib çiqqan nihollarni agrotexnika qoidalari asosida parvarişlaş, oziqlantiriş, suğoriş işlari yaxşi olib borilganligi öz samarasini berdi.
Azal-azaldan mirişkor dehqonlar yurti hisoblanmiş tumanimizda joriy yilda ham paxtadan közlanganiday hosil kötarildi.
2021-yil paxta yiğim-terimi yakuni böyiça masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxtaçilik klasteriga 45839 tonna paxta xom aşyosi yetkazib berildi. Jami 200 milliarddan ortiq daromad olindi.
Qişloq xöjalik ekinlari ekilgan maydonlarning 3800 gektarida ekinlar suv tejovçi texnologiyalar yordamida suğorilganligi suvning kam sarflanişi va ekinlar hosildor bölişini taʼminladi.
Yakunlanayotgan yilda tumanimiz böyiça 2021-yil hosili uçun ekilgan 3800 gektar ğalla maydonlaridan davlatga 9500 tonna don yetkazib beriş böyiça kontraktatsiya şartnomalari tuzilgan edi. Şudan 25 ta fermer xöjaliklarida 316,8 gektar maydonga uruğlik ğalla ekilib, 950 tonna uruğlik don yetiştiriş rejalaştirilgan edi.
Ğalla ekilgan maydonlarda bir tekis unib çiqqan nihollar agrotexnik qoidalar asosida parvariş qilindi. 1490 gektar oçiq maydondagi, 2310 gektar ğöza qator orasiga ekilgan ğalla maydonlariga 11400 tonna mahalliy öğit jamğarilib, şarbat usulida suğorildi. Şuningdek, mineral öğitlar bilan oziqlantiriş, zararkunanda, kasallik va begona ötlarga qarşi kuraşiş tadbirlari ham öz vaqtida ötkazildi.
Yetiştirilgan hosil 18 ta örim-yiğim otryadlari yordamida yiğiştirib olindi va 7358,1 tonna don topşirildi.
Tumanimiz qişloq xöjaligining asosiy tarmoqlaridan biri bölgan pillaçilik böyiça ham yakunlanayotgan yilda quvonarli yutuqlar qölga kiritildi. Köklamda “Jayxun Silk” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 3960 quti ipak uruği yetkazib berildi.
Mavsumda 1607 nafar kasanaçilarga 1703 quti, fermer xöjaliklariga 2273 quti ipak qurti uruğlari tarqatildi.
Tuman böyiça 16 ta inkubatoriya faoliyati yölga qöyilib, ipak qurti uruğini jonlantiriş uçun malakali mutaxassislar işga olindi. Jonlantirilgan ipak qurti uruğlari öz vaqtida kasanaçilarga va fermer xöjaliklariga tarqatib berildi. Qurt boquvçilarga har bir quti ipak qurti uçun 250 ming sömdan bönak pullari berildi.
Mavsum işlari namunali taşkil etilganligi bois pilla yetiştiriş rejasi 101,2 foizga ado etildi va topşirilgan pilla pullari hisob-kitob qilindi.
Yakunlanayotgan yil tumanimizda çorvaçilik sohasida ham rivojlanişlar yili böldi, deyiş mumkin. Bu haqda söz ketganida, avvalo yil sayin mavjud qora mollar naslini yaxşilaş, xorijdan nasldor mollar keltiriş hisobiga mahsulot yetiştiriş hajmi oşayotganini taʼkidlaş örinli.
Ayni kunda tumanimizda barça toifadagi xöjaliklarda 164,3 ming boş qoramollar mavjud bölib, şuning 45,1 ming boşi sigirlardir.
2021-yilda Amir Temir nomli ovuldagi “Amudaryo biznes invest” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan Gollandiya davlatidan 16 boş Golştin zotli, Tölqin ovulidagi “Amudaryo sohili” fermer xöjaligi tomonidan Çexiyadan 32 boş Angus zotli, Çoyköl ovulidagi “Soatov Otabek” agrofirmasi tomonidan Qozoğiston Respublikasidan 120 boş qozoqi oq boş zotli, Oq oltin ovulidagi, “Amu naslli çorva” agrofirmasi tomonidan Qozoğiston Respublikasidan 50 boş qozoqi oq boş zotli, Bözyop ovulidagi “Amudaryo baxt quşi” MÇJ tomonidan Germaniya davlatidan 31 boş simmental zotli naslli qoramollar olib kelinib, yaxşi parvariş qilinmoqda.
Mavjud çorva mollarini meʼyorida oziqlantiriş va çorvaçilik mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş maqsadida tuman böyiça 1754 gektar maydonga ozuqabop beda, makkajöxori, jöxori, xaşaki lavlagi kabi ekinlar ekildi.
Hozirgi kunda barça toifadagi xöjaliklarda 104,9 ming boş qöy va eçkilar namunali parvariş qilinmoqda. Yilning ötgan davrida barça toifadagi xöjaliklarda 44 tonna jun yetiştirildi.
Şuningdek, 1 mln. 129 ming 400 parrandalar namunali parvariş qilinib, tuxum, parhez göşt yetiştirilmoqda.
Tumanimizda baliqçilikni rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli hozirgi kunda jami 348 gektar yer maydonlarida 74 ta köllar mavjud.
Bu köllarda yetiştirilayotgan baliqlar xalqimiz dasturxoni tökinligiga munosib hissa bölib qöşilmoqda. Qisqa qilib aytganda, tumanimiz aholisining asosiy qismi band bölgan qişloq xöjaligining barça sohalarida kompleks rivojlantiriş çoralari amalga oşirilmoqda, xalqimiz dasturxoni tökin, turmuşi obod bölişi yölida saʼy-harakatlar qilinmoqda. Fursatdan foydalanib, soha mehnatkaşlarini 12-dekabr kuni nişonlanadigan Qişloq xöjaligi xodimlari kuni bayrami bilan tabriklayman!
I.matkarimov,
tuman hokimining qişloq va suv xöjalig
i masalalari böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶