28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:10
Siyosat 👁 366

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 43-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 43-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2021-yil 17-dekabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 43-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashin deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kotibligiga 14-Paxtakor saylov okrugidan deputat Tamara Yusupova saylandi.

Sessiya kun tartibiga tuman hokimining 2021-yil davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda kelgusi 2022-yilgi rejalarga bagʻishlangan murojaati toʻgʻrisidagi masala havola qilinadi.

Maʼlumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq yil yakunida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarini oʻtkazish hamda ushbu sessiyalarda hokimlarning tegishli hududlarni joriy yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va kelgusi yilgi rejalar toʻgʻrisida murojaat qilishlari belgilangan.

Senat tavsiyasiga koʻra sessiyaga Kengash deputatlardan biri raislik qilishi tavsiya qilingan. Shunga asosan tuman Kengashining 8-Boʻston saylov okrugidan deputati Maxsud Sadullayev sessiyani ochdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqdi va murojaat yoʻlladi.

Murojaatda tuman hokimi 2021-yilda yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati natijasida barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishilganini taʼkidlab oʻtdi.

Yil yakunlari boʻyicha oʻtgan yil bilan solishtirganda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 108 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish 103,8 foizga, investitsiyalar 106,7 foizga, qurilish ishlari 105,1 foizga, chakana savdo 106 foizga va xizmatlar koʻrsatish 123,1 foizga oʻsishi kutilayotgani qayd etildi.

Tadbirkorlik sohasining har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi natijasida joriy yilning 1-dekabr holatiga 272 ta kichik biznes subʼektlari hamda 449 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar yangidan faoliyat boshladi.

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 11 oy davomida 1603 ta jismoniy va yuridik shaxslarga 42 mlrd. soʻm miqdorida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratildi.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 97,1 mlrd. soʻmlik 67 ta loyihalar ishga tushirilib, 2041 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Oʻtgan 11 oy davomida  6,1 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122 foiz oʻsish surʼati qayd qilindi. 11 oy davomida 9 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilindi.  

Oʻtgan 11 oyi davomida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 3954 nafar fuqarolar ishga joylashtirilgan.

Tibbiyot muassasalariga tibbiy asbob-uskunalar olish uchun 297,4 mln. soʻm, birgina dekabr oyining oʻzida mahalliy byujet mablagʻlari hisobidan 1,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

Tuman hokimi oʻz murojaatida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turga ehtiyojmand fuqarolar va oilalarning daromad manbalarini yaratish, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham toʻxtalib oʻtdi.

Yakuniga yetayotgan yilda 29 ta maktablar binolarida 18,4 mlrd soʻmlik, 2 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 4,9 mlrd. soʻmlik qurilish-tamirlash ishlari amalga oshirilgani taʼkidlandi. Mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 5 ta umumtaʼlim maktablarida 2,6 mlrd soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

Aholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Mangʻit shahrining “Gulzor” massivida umumiy qiymati 16,1 mlrd. soʻmlik 150 xonadonli 5 qavatli 3 ta arzonlashtirilgan uy-joylar qurilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan yangi tartib asosida 2 ta 5 qavatli 30 xonadonli koʻp qavatli turar-joylar qurilmoqda.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tumanni 2022-2026-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar haqida ham batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Jumladan, kelgusi yillarda umumiy qiymati 2,7 trln. soʻm boʻlgan 217 ta loyihalar amalga oshiriladi va 5 714 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Eksport hajmi 143,5 mln. dollarga, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 69,6 mln. dollarga, byudjetga tushumlar 172,5 mlrd. soʻmga yetkaziladi.

Kelgusi yillar davomida 32 ta maktab, 21 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti binolari, tibbiyot birlashmasiga qarashli 6 ta binolar rekonstruktsiya qilinadi va 44 ta koʻp qavatli uy-joylar quriladi. “Obod qishloq” dasturi doirasida 277 mlrd soʻmlik ishlar amalga oshiriladi.

Mazkur ishlarni amalga oshirish natijasida 5-yil davomida 20,8 ming nafar aholi bandligi taʼminlanadi, maktablar quvvati 4,3 ming oʻringa oshiriladi, maktabgacha yoshdagi bollar qamrov darajasi 80 foizga yetkaziladi. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha jami 9 992 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanadi.

Tuman hokimining murojaatidan keyin deputatlar savollar bilan murojaat qildilar. Doimiy komissiyalar raislari, faol deputatlar soʻzga chiqib, tuman hokimining murojaati boʻyicha fikrlarini bayon qildilar.

Savol-javoblar va muhokamalardan keyin kun tartibidagi masala boʻyicha qaror loyihasi oʻqib eshittirildi. Tuman hokimining 2021-yil davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda kelgusi 2022-yilgi rejalarga bagʻishlangan murojaati boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashining qarori loyihasi oʻqib eshittirildi va deputatlar tomonidan tasdiqlanib, qabul qilindi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala atroflicha koʻrib chiqildi va shu bilan tuman Kengashining 43-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Sessiyadan keyin Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshevning xalqqa murojaati boʻyicha brifing tashkil qilindi.

Brifingda sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Brifingda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kotibi Ozoda Xudoyberganova kelgusi yilda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan hududlarda qanday ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgani haqida, bloger Fotima Eshimbetova mahalliy byudjet mablagʻlarining sarflanishi va “Fuqarolar uchun ochiq byudjet” loyihasining byudjet mablagʻlarini adolatli va shaffof taqsimlashdagi ahamiyati haqida, “Mening oilam” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida yer berish jarayoni qanchalik shaffof boʻlishi va beriladigan yerlar qanchalik manzilli boʻlishi haqida, Amudaryo televideniyesi maxsus muxbiri Komronbek Kamolov kelgusi yillarda tuman hududida quriladigan uy-joylar aholining qanday qatlamiga berilishi haqida savollar bilan murojaat qildilar.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev savollarga batafsil javob berdi.

Shuning bilan brifing nihoyasiga yetdi.

Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026