INŞOLAR TANLOVI YaKUNLANDI
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan “Yoşlar – yangi Özbekiston bunyodkorlari” loyihasi asosida joylarda uçraşuvlar va davra suhbatlari ötkazilib kelinmoqda. Bu tadbirlarda tuman mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi mutaxassislari, şifokorlar, ijodkorlar, maʼnaviyat tarğibotçilari, mahalla faollari, imomlar, keng jamoatçilik vakillari iştirok etmoqdalar.
“Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoşlarni zararli illatlar va turli axloqsizliklardan himoya qilişda ota-onalar va mahallaning örni”, “Yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni kitobxonlikka jalb qiliş orqali giyohvandlik, axloqsizlik va zararli taʼsirlardan himoya qiliş”, “Yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzi könikmalarini keng tarğib qiliş, ularni giyohvandlik, içkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qiliş” mavzularidagi suhbatlar aholi va yoşlar orasida ulkan qiziqiş uyğotmoqda.
Şuningdek, taşkilot tomonidan eʼlon qilingan loyihaning mazmun-mohiyati, ahamiyati va loyiha doirasida amalga oşiriladigan işlar hamda ulardan kutilayotgan natijalar ham keng tarzda tuşuntirib borilmoqda.
Tumanimiz yoşlari orasidan iqtidorli, ijodkor, badiiy ijodga ixlosi baland yoşlarni izlab topiş maqsadida turli mavzularda maktab öquvçilari orasida inşolar tanlovlari ham ötkazilib kelinmoqda.
Şu yilning 17-noyabr kuni “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan “Yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, şu orqali ularni giyohvandlik, axloqsizlik va boşqa zararli taʼsirlardan himoya qiliş” maqsadida maktab öquvçilari örtasida “Yoşlar – yurt keladagi” mavzusida inşolar tanlovi eʼlon qilingan edi. Şu yilning 15-dekabr kuni mazkur inşolar tanlovining natijalari badiiy kengaş aʼzolari tomonidan örganib çiqildi.
Natijalar esa quvonarli! Maktab öquvçilari orasida kelajagidan umid qilsa böladigan iqtidorli yoşlarning juda köp ekanligiga yana bir bor amin böldik.
Tuman xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 42-, 73-, 84-sonli maktablarning öquvçilari inşolar tanlovida öz faoliyatlari va ötkir zehnlarini, makon va zamon haqidagi teran fikrlarini yana bir marotaba namoyiş etdilar. Ularning bu intilişlari besamar ketmadi albatta.
42-sonli maktabning 9 “A”-sinf öquvçisi Dildora Tursunboyeva “Taʼsirçan fikrlari, bilimi, dunyoqaraşi, şaxsiy taşabbusi uçun”, şu maktabning 11 “B”-sinf öquvçisi Muborak Soatboyeva “Yoşlik va Vatan haqidagi gözal tuyğulari teranligi uçun”, 73-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Gulmira Gulimmatova, “Eng yaxşi tahliliy fikrlari uçun”, 11-sinf öquvçisi Kumuş Gulimmatova “Eng yaxşi samimiy fikrlari uçun”, 84-sonli maktabning 10 “V”-sinf öquvçilari Sevinçoy Usmonova “Insonni töğri yölga yönaltiruvçi jöşqin fikrlari uçun”, Mardona Raximboyeva “Vatanparvarlik tuyğusi uluğlangan eng yaxşi tahlili uçun”, Adolat Ollayorova “Şaxsiy fikrini ravon bayon qilgani uçun” “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining “Taşakkurnomasi bilan taqdirlandi.
“Yoşlar – yurt kelajagi” tanlovining yana bir faol iştirokçisi 73-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Amirxon Tursunov özi yozgan inşosida “Makon va zamon muhitining eng yaxşi badiiy tahlili uçun” tanlov ğolibi deb topildi.
Inşolar tanlovi ğolibiga taşkilot tomonidan tayyorlangan sovğa va “Maqtov yorliği” tantanali tarzda topşirildi.
Ğolib va taşakkurnomalar sohiblari bilim olayotgan maktablarning ustozlar jamoasiga, şu maktablarda faoliyat yuritayotgan maʼnaviyat tarğibotçilariga taşkilot tomonidan samimiy minnatdorçilik bildirildi.
Biz tilga olib ötgan maktab öquvçilarining kelajakda komil insonlar, gözal maʼnaviyatli, el ardoğidagi fidoyilar safidan örin olişlariga işonçimiz komil.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti qoşida kutubxona mavjud bölib, bu kutubxonada turli janrlardagi qiziqarli adabiyotlar saqlanmoqda. Kutubxonaning bugungi kunda 231 kitobxon aʼzosi bor. Kutubxonada katta yoşdagi kitobxonlar uçun ham, maktab öquvçilari uçun ham birdek qiziqarli kitoblar mavjud.
Şuningdek, bu kutubxonaning Qangli, Kuyukköpir, Dörman ovul fuqarolar yiğinlarida, Qipçoq şaharça fuqarolar yiğinida hamda Gulzor mahalla fuqarolar yiğinlarida filiallari faoliyat körsatmoqda. Mazkur qişloq kutubxonalaridan olis joylarda yaşovçi kitobxonlar ham katta qiziqiş bilan foydalanmoqdalar.
Tumanimiz aholisining kitoblarga bölgan qiziqişlarini inobatga olgan holda mazkur kutubxonalarda kitobxonlarga har tomonlama qulayliklar yaratib borilmoqda. Natijada turli yoşdagi kitobxonlar soni yildan-yilga köpayib bormoqda.
Taşkilot qoşidagi kutubxonada turli yoşdagi kitobxonlarni uçratiş mumkin.
Kutubxonasizdan kitob olib öqiyotgan kitobxonlarning qiliqişlari baholanganida katta yoşdagi kitobxonlar orasida Serquyoş köçasi 11-uyda istiqomat qiluvçi fuqaro, mehnat faxriysi Maqsud Tojiboyev, maktab öquvçilari orasida 40-sonli maktabning 10 “A”-sinf öquvçisi Şahlo Yangiboyeva “Eng faol kitobxon” deb tan olindi.
Bu ikkala kitobxonimizga ham taşkilotimiz tomonidan sovğa va taşakkurnoma topşirildi.
Kitobxonlarimizga yaxşi kayfiyat tilagan holda, kitob insonning eng yaxşi dösti ekanligini yana bir marotaba eslatib ötmoqçimiz.
Örozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶