28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 307

Qoraqalpogʻistonda Hosil bayrami keng nishonlandi

Qoraqalpogʻistonda Hosil bayrami keng nishonlandi

19-dekabr kuni Nukus shahridagi Otchopar maydonida Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni keng nishonlanib, Hosil bayrami oʻtkazildi. Bayram tadbirida qoraqalpogʻistonlik dehqon va fermerlar, qishloq xoʻjaligi sohasi faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murat Kamalov ishtirok etib, el dasturxoni toʻkinligiga hissa qoʻshayotgan soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

Hosil bayrami oʻtkazilgan Otchopar maydonining kirish qismida har bir shahar va tumanlarning, vazirliklarning maxsus qora uylari tiklanib, dehqonlarimiz yetishtirgan mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Bayram tadbirida amudaryolik qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Tumanimiz dehqon va fermerlari bu yil ham barcha qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl hosil olib, yuksak xirmonlar bunyod etdilar. Joriy qishloq xoʻjaligi yilini ham amudaryolik paxtakor va gʻallakorlar, pillakor-u chorvadorlar, qoʻyingki, qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlari vakillari mehnatdagi yutuqlari sababli yorugʻ yuz bilan yakunlab, kelgusi yilgi moʻl hosil uchun puxta taraddud koʻrmoqdalar.

Bu yilgi ilk hosil xirmonini koʻtargan pillakorlarimiz shartnomaviy rejadagi 221 tonna oʻrniga 223,7 tonna yuqori sifatli hosil olib, bu boradagi rejani 101,2 foizga ortigʻi bilan ado etdilar.

Gʻallakorlarimiz esa 3800 gektar maydonda boshoqli don yetishtirib, 9 500 tonnadan ortiq "qirmizi don" hosilini davlat omborlariga topshirdilar.

Paxtakorlarimiz rejadagi 45 750 tonna oʻrniga 45 800 tonnaga yaqin paxta hosilini yigʻib-terib olib, mehnat zafariga erishdilar.

Tumanimizda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi eng salmoqli “oq oltin” xirmoni birinchilar qatorida boʻy tiklab, dehqon va fermerlarimiz masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi klasteri bilan tuzilgan shartnoma shartlarini ortigʻi bilan bajardilar.

Qolaversa, amudaryolik fidoyi dehqon va fermerlar, tomorqachilar meva-sabzavot hamda poliz ekinlaridan ham moʻl hosil olib, xalqimiz dasturxonining toʻkinligi va bozorlarimizda narx-navoning barqaror boʻlishiga zamin yaratdilar.

Shuningdek, chorvachilik va parrandachilik, asalarichilik hamda boshqa sohalarda ham yirik loyihalar amalga oshirilib, xalqimizni goʻsht, sut, tuxum, asal va boshqa zarur kundalik isteʼmol mollari bilan taʼminlashda ham soha xodimlari fidoyilik namunalarini koʻrsatib, mehnat qildilar.

Bir soʻz bilan aytganda, Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi sohasi jonkuyarlari oʻzlarining halol va barakali mehnati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mamlakatimiz miqyosida yuksak natijalarga erishdilar.

Bayramning asosiy tomosha maydonida arqon tortish, ot choptirish, kurash musobaqalari boʻlib oʻtdi. Arqon tortishda Chimboy tumani vakillari 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, kurash bahslarida shumanaylik Zarapat polvonning qoʻli baland kelib, bosh sovrin - Gentra avtomobili bilan taqdirlandi. Chavandozlar esa Otchopar maydonini 5, 7, 10 aylanish boʻyicha kuch sinashdilar. Murosasiz kechgan musobaqalarda toshkentlik chavandoz gʻolib chiqdi.

Tadbir davomida qishloq xoʻjaligida yuqori natijalarga erishgan dehqon va fermerlar, bogʻbonlar, chorvador va pillakorlar, suvchilar va irrigatorlar, agronom va mexanizatorlar, agroklasterlar rahbarlari hamda ishchi-xodimlariga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026