2021-yil sarhisobi: AHOLI SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLAŞ - BURÇIMIZ
Ayni paytda tuman Tibbiyot birlaşmasi tarkibida 36-örinli xöjalik hisobidagi reabilitatsiya bölimi va 40-örinli ŞTYoB, 10 ta 1255 qatnov-quvvatga ega bölgan ambulatoriya-poliklinika muassasasi, 1 ta köp tarmoqli markaziy poliklinika, 7 ta Oilaviy poliklinika va 3 ta Oilaviy şifokorlik punkti, 1 ta Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi faoliyat körsatadi.
“103” tez tibbiy yordam xizmati markazida 4 ta brigada mavjud bölib, şundan 1 tasi reanimatsion brigada hisoblanadi va 11 ta şoxobçada xalqimizga namunali xizmat körsatiş yölga qöyilgan. 2021-yil 11 oyi davomida aholidan 44470 ta murojaat kelib tuşgan bölsa, 47252 nafar bemorga tez tibbiy yordam körsatildi. Onalik va bolalikni muhofaza qiliş yönalişida voyaga yetmagan bolalarni tibbiy körikdan ötkaziş uçun tor doiradagi mutaxassis şifokorlardan iborat 4 ta brigada tuzildi va 2021-yilning 11 oyida jami 69967 nafar bolalar tibbiy körikdan ötkazildi. 33268 nafar bolalar turli yuqumli kasalliklarga qarşi emlandi.
2021-yilning 11 oyida hisobga olingan homiladorlardan 300 nafari Orolböyi Skrining markazi tekşiruvidan, 2646 nafar homilador ayol esa tuman perinatal xonasida körikdan ötkazildi.
Rivojlanişida nuqsoni bölgan nogiron bolalardan 4 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasi reabilitatsiya markaziga yuborilib, soğlomlaştiriş çoralari körildi, 8 nafar nogiron bolalarga protez-ortopediya vositalari berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron bolalar tuman Tibbiyot birlaşmasi tomonidan bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlanmokda.
Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan, tibbiy yordamga muhtoj ayollar soni 92 nafarni taşkil etib, ularga davo muolajalari ötkazilişi uçun “Ayollar daftari jamğarmasi” hisobidan 119 mln. 150 ming söm, “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan 8 mln. 951 ming 875 söm, tuman Tibbiyot birlaşmasi hisobidan 848,6 mln. söm mablağ ajratildi. Şuningdek, tumandagi 36157 ta xonadonda tibbiy xatlov ötkazildi va xatlovdan ötkazilgan aholi orasida aniqlangan turli xil surunkali kasalliklar böyiça muolaja çoralari belgilandi.
Tumanimizda koronavirus kasalligiga qarşi jami 197138 (+450 Qurolli kuçlar uçun) doza vaktsina olib kelindi va emlaş işlari amalga oşirildi.
Joriy yilda 15 yoşgaça bölgan 49378 nafar bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uçun parazitar kasalliklarga qarşi dori vositalari bepul tarqatilmoqda. Bu jarayon bilan 2021-yilda tumanimizda 60 ming nafar aholi qamrab olingan bölsa, 2022-yilda 80 ming nafar aholi qamrab olinişi közda tutilgan.
Z.ÖROZBOYeV, tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliğining
davolaş işlari böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶