HAMJIHATLIKDA QILINGAN MEHNATDA BARAKA BÖLADI
Inson dunyoda mehnat bilan uluğ martabalarga erişadi. Keyingi yillarda Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev taşabbusi bilan agrar sohaga, xalqimizning rizqi butun, dasturxoni tökinligi yölida yozning jaziramasi-yu, qişning qahratonida ham tinmay fidoyilik qiladigan qişloq xöjaligi mehnatkaşlariga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Qişloq xöjaligi xodimlari kuni belgilangani, agrar sohada faoliyat yuritayotganlar uçun kökrak nişonlari taʼsis etilgani ham şular jumlasidandir.
Men “Qişloq xöjaligi fidoyisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan kunimni hayotimning eng yorqin kunlaridan biri böldi, deya olaman. Mehnatlaring eʼtirof etilişi odamga yana ham kuç-quvvat bağişlaydi. 2004-yilda “Boği eram” fermer xöjaligini taşkil etgan edim. Şundan beri nomi bir neça marta özgardi. Biroq har yili ekin maydonlardan möl hosil yetiştirib kelayapmiz.
Tilsiz zamin bağriga uruğ qadab, hosil undiriş oson emas. Buning uçun yerning tilini biliş, omilkorlik kerak, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida bajariş lozim. Yana dehqonlarda yil-yilga öxşamaydi, degan ibora bor. Bu goh qurğoqçilik, goh namgarçilik yuqori bölsa-da, hosil undirişning çorasini qiliş kerak, degani.
Biz xöjaligimiz aʼzolari bilan hamjihatlikda qilgan mehnatlarimiz tufayli 2021-yilda ham dehqonçilikning barça turlari böyiça rejalarimizni ortiği bilan ado etdik va mahsulot yetiştiriş xarajatlari, iş haqlaridan taşqari, 500 milliondan ziyod sof daromad oldik. 34 gektar yerdagi buğdoydan 60-70 tsentnerdan hosil yetiştirdik. Paxta maydonlarimiz hosildorligi gektariga 36-45 tsentnergaça böldi.
Xöjaligimizda dehqonçilikdan olinayotgan daromadlarimizdan yangi texnikalar xarid qilayapmiz. Hozir yerlarni tekislaşdan tortib, ekiş, parvarişlaş, hosilini yiğiştirib olişgaça bölgan barça işlarda öz texnikalarimizdan foydalanamiz. Ötgan yilgi daromadimizdan lazer qurilmali yer tekislagiç agregatini xarid qilganimiz tufayli ekin maydonlarimiz 100 foiz tekislandi va suğorişga tayyorlandi. Bundan taşqari, ekin maydonlarimizni suv tejovçi texnologiyalar yordamida suğoriş çoralarini körayapmiz. 100 tonnalik siğimli muzlatkiç omborxonamizda 2 gektarlik boğimizda yetiştirilgan mevalar, şuningdek, sabzavotlar saqlanayapti. 8 nafar mexanizator, 40 nafar pudratçilarimizning oylik iş haqlari doimo öz vaqtida hisob-kitob qilib borilayapti.
Ötgan yili xöjaligimizning 14 gektar ğalladan böşagan yerida pudratçilarimizga va hududimizdagi 20 ta kam taʼminlangan oilalarga takroriy ekin ekib berdik. Ehtiyojmand 10 ta oilani otaliqqa olib, vaqtida moddiy-maʼnaviy qöllab kelayapmiz.
Fermer xöjaligini boşqarişdan taşqari, mana uç yildirki, tuman Dehqon, fermer va tomorqa yer egalari Kengaşiga ham raislik qilib kelayapman. Kengaşimiz tomonidan tumanimiz aholisini tomorqa yerlardan samarali foydalaniş tarğib etilib, bu borada qatʼiy nazorat ham olib borilayapti, ularga dehqon, fermer xöjaliklariga zarur tavsiya va körsatmalar ham berilayapti. Mehnatlarimiz mahsulini yurtdoşlarimiz dasturxonida köriş ham ulkan baxt.
Ilhom POLVONOV, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi,
“Qişloq xöjaligi fidoyisi” kökrak nişoni sohibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶