28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:10
Siyosat 👁 23,974

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sektorlari rahbarlari, vazirliklar, muassasa va tashkilot rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sektorlari rahbarlari, vazirliklar, muassasa va tashkilot rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

4-fevral kuni Amudaryo tumanining Qipchoq shaharchasi hududida joylashgan 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sektorlari rahbarlari, vazirliklar, muassasa va tashkilot masʼullari hamda tumanimizdagi bir qator idora-tashkilot vakillari va yoshlar ishtirokida onlayn tarzda sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul avvalida Xalq qabulxonalarining doimiy eʼtibor markazida boʻlib kelayotgan dolzarb ijtimoiy masala – nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalar topshirildi.

I guruh nogironligi boʻlgan fuqarolar Sapargul Neʼmatova, Zokirjon Bobojanov, Otabek Shukurullayev va Anvar Ametovlarga nogironlik aravachalari berildi.

Yordamga muhtoj fuqarolarga ijtimoiy koʻmak koʻrsatilishida hokim yordamchilari tomonidan mahallabay va xonadonbay oʻrganish ishlari yoʻlga qoʻyilganligi alohida eʼtiborga molikdir. Hokim yordamchilari oʻzlari biriktirilgan mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitini oʻrganib amaliy yordam koʻrsatishmoqda.

Sayyor qabulda tumanimizning turli hududlaridan yoshlar ishtirok etishib oʻz muammolari bilan masʼullarga murojaat qilishdi. Uchrashuvda 60 nafardan ortiq yoshlar qatnashib, turli mazmundagi jami 23 ta murojaat kelib tushdi.

Tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov yoshlarga murojaat qilib, mavjud muammo va takliflar bilan bemalol murojaat qilishlari mumkinligini va albatta har bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligini taʼkidladi.

Shundan soʻng yoshlarning murojaatlari tinglandi.

Tumanimizdagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportning karate turi boʻyicha trener Akmal Rahimov 18-20-fevral kunlari Bishkekda boʻlib oʻtadigan turnirda 4 nafar shogirdining yoʻl xarajatlari qoplab berilishida amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Akmal Rahimovga murojaat albatta koʻrib chiqilib, tez orada ijobiy hal qilinishi maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, Beshtom mahallasida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor Asadbek Yusupov, tumanning olis hududida oʻquv markazi ochishda huquqiy va amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

Shuningdek, Beshtom mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlardan Azamat Muxtarov oʻz mahallasi hududidagi fermer xoʻjaliklaridan birida 15 gektar maydonda oʻzaro kelishuv asosida dehqonchilik bilan shugʻullanib kelayotganligini, bundan buyogʻiga ushbu yerlarda oʻz chorvachilik faoliyatini boshlash istagi borligini hamda bunda huquqiy yordam berilishini soʻrab murojaat qildi.

Shuningdek, hudud yoshlari va tadbirkorlar asosan bandlik, imtiyozli kredit olish, tikuv mashinasi olishda subsidiya ajratilishi, toʻlov-kontraktning bir qismini toʻlashda koʻmak soʻrab va boshqa masalalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sektorlari masʼullariga murojaat qildi.

Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, ayrimlariga qonuniy tushuntirish berildi. Muddat talab qiluvchi murojaatlar esa, tegishli masʼullar tomonidan oʻrganib chiqilishi maʼlum qilindi.

Shuningdek, cayyor qabulda murojaatlaring hech biri eʼtibordan chetda qolmasligi va har bir murojaat imkon qadar ijobiy yechim topishi taʼkidlandi.

Shundan soʻng yoshlarga, ona Vatanimiz uchun munosib farzand boʻlishga chorlovchi “Temur” badiiy filmi namoyish etildi.

Oʻtkazilayotgan sayyor qabullar xalqimizning uzogʻini yaqin qilib, ularga har tomonlama qulaylik yaratibgina qolmasdan, vatanimiz kelajagi boʻlgan yoshlarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026