ŞIFOKORLAR AHOLI ÖRTASIDA SOĞLOM TURMUŞ TARZINI QÖLLAB-QUVVATLAŞ BÖYIÇA TADBIRLAR ÖTKAZIŞMOQDA
Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilişda profilaktika ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, jismoniy faollikni ommalaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar kölamini yanada kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi vazifalarni taʼminlaşga qaratilgan Prezident Farmon va Qarorlari sohani rivojlantirişda muhim dasturilamal bölmoqda.
Amudaryo tumanida ham Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari, şuningdek, örta tibbiyot xodimlari tomonidan aholi orasida yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini oliş böyiça turli soğlomlaştiriş tadbirlari ötkazilmoqda.
Tibbiyot birlaşmasida Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş bölimi taşkil etilgan bölib, uşbu bölimda şifokor xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Aholi salomatligini mustahkamlaşga oid aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, zararli odatlarga qarşi kuraşiş, tibbiy madaniyatni rivojlantiriş, jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalaş, bu borada ommaviy tadbirlarni ötkaziş ular faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilangan.
Bölim xodimlari işi mahallabay usulda taşkil qilinib, tumanning barça hududlaridagi oilaviy poliklinka va oilaviy şifokorlik punktlarida salomatlik burçaklari hamda salomatlik maktablari taşkil qilindi. Undan taşqari, aholi örtasida turli tadbirlar taşkil etilib, “Sport salomatlik garovi”, “Jismoniy faollik va ommaviy sport”, “Xonadonlarga eslatma”, “Covid-19ning yuqiş yöli va profilaktikasi” kabi mavzularda eslatmalar va mikroplakatlar tarqatilib kelinmoqda.
Ötgan davr mobaynida “Toza qöllar va töğri nafas oliş” aktsiyasi, nafis gimnastika böyiça körgazmali çiqişlar, faol yuriş tadbirlari taşkil etildi va ularda tibbiyot birlaşmasi va mahalla fuqarolari qatnaşişdi. “Töğri ovqatlaniş – soğlom hayot demakdir” haftaligida tuman böyiça salomatlik darslari, uçraşuvlar va davra suhbatlari ötkazildi. Maktablarda, mahallalarda, aholi köp töplanadigan joylarda bölib ötgan uşbu tadbirlarga imkon boriça turli yoşdagi fuqarolar jalb etildi.
Joriy yil boşida Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan tumandagi harbiy qismda ularning oila aʼzolari bilan Covid-19ning yuqişi va uning oldini oliş, emlaniş, soğlom ovqatlaniş, jismoniy faollik, şaxsiy gigiyena, zararli odatlar, reproduktiv salomatlik mavzularida davra suhbatlari uyuştirildi. Barça hududlardagi tibbiyot maskanlarida salomatlik burçaklari hamda salomatlik maktablari faoliyati yölga qöyildi. Birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 40 va undan katta yoşdagi aholi orasida yuqumli bölmagan kasalliklar xavf omillarini aniqlaş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği ijrosi böyiça yanvar oyida 4774 nafar 40 yoşdan oşgan fuqarolar skriningdan ötkazildi va ularga ommaviy jismoniy faollik, soğlom ovqatlaniş, şaxsiy gigiyena emlaşning ahamiyati böyiça tuşunçalar berildi.
Haftaning duşananba kunlari “Stressga qarşi kuraş kuni”, seşanba kunlari “Tuz va şakarni çeklaş kuni” aholi köp töplanadigan maydon, bozor, xiyobonlarda, korxona va muassasalarda 18 yoş va undan katta yoşdagi aholi orasida antropometrik ölçovlar va qisqa savolnoma asosida tadbirlar taşkil kilinib, tegişli tavsiyalar berilmoqda.
“Tamakisiz kun” deb belgilangan çorşanba kunlarida ham aktsiyalar ötkazilib, taʼlim muassasalari, korxona va muassasalarda tamakining inson organizmiga zararli taʼsiri böyiça tadbirlar ötkazilmoqda. Payşanba kunlari “Soğlom ovqatlaniş kuni” deb nomlanib, mahallalar, korxona-taşkilotlarda körgazmali ravişda soğlom ovqatlaniş tamoyillari böyiça “Salomatlik darslari” taşkil kilinib, iştirokçilarga tegişli maslahatlar berilmoqda.
“Piyoda yuriş” va “Salomatlik” kuni deb belgilangan juma va şanba kunlarida Tibbiyot birlaşmasi, oilaviy poliklinika va oilaviy şifokorlik punktlari maydonçalari, markaziy öyingohlarda gimnastrada, faol va sportça yuriş tadbirlari taşkil etilib, turli yoşdagi fuqarolar iştiroki taʼminlanmoqda.
Soğlom turmuş tarzida odamlar salomatligiga taʼsir körsatuvçi zararli omillar bölmasligi, inson ulardan ongli ravişda özini çetga olişi kerak. Bu borada keng tuşunçalar beriş, tumanimiz aholisining tibbiy madaniyatini yanada oşiriş hamda bu boradagi hukumat qarorlari ijrosini, aholi salomatligini taʼminlaş tibbiyot xodimlarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Jumaboy Yavkaşev, TTB Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶