28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:00
Iqtisodiyot 👁 481

PAXTAChILIK – TOʻQIMAChILIK KLASTERI FAOLIYaTI KENGAYMOQDA

PAXTAChILIK – TOʻQIMAChILIK KLASTERI FAOLIYaTI KENGAYMOQDA

1. Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining “Paxta toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligining boshqa sanoat korxonalari oʻrtasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega zamonaviy toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishni ragʻbatlantirish va qishloq aholisining bandligini oshirish maqsadida hududlarda paxta toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini keng joriy etish belgilangan edi. Shunga muvofiq Amudaryo tumanida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasida 2019-yilda paxtachilik-toʻqimachilik klasteri tashkil etildi. Oʻtgan uch yil mobaynida klaster bilan shartnoma tuzgan fermer xoʻjaliklarida paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari oʻz vaqtida taʼminlanayotgani tufayli barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida bajarilib, natijada paxta dalalaridan moʻl hosil toʻplanib, konraktatsiya shartnomalari ortigʻi bilan bajarilmoqda. Hosildorlik ortishiga erishilmoqda.

Ayni kunda ushbu korxonada 900 nafarga yaqin odam doimiy ish bilan band.

Korxonada 2020-yilda paxta tolasini qayta ishlashdan 7,1 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. 2021-yilda esa eksport hajmini 8 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentyabrdagi Qaroriga muvofiq Oq oltin ovulida faoliyat yuritib turgan “Amudaryo paxta tozalash zavodi” ham besh yil muddatda boʻlib toʻlash sharti bilan klaster tomonidan sotib olindi va bu loyiha boʻyicha 82,5 milliard soʻmlik modernizatsiyalash ishlarini olib borish, 40 ming tonna paxtani 60 kunda qayta ishlash quvvatiga yetkazish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda bu borada tashkiliy va amaliy ishlar olib borilmoqda.

Paxtachilik-toʻqimachilik klasteri fermer xoʻjaliklarida ishlarni tashkil etishning ilgʻor agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha ijobiy natijalarni taʼminlashga intiladi. Yerlarni ekishga tayyorlashdan tortib, yetishtirilgan hosilni yigʻib-terib topshirishgacha boʻlgan barcha ishlar uchun oʻz vaqtida mablagʻ yetkazib beradi. Fermer xoʻjaliklaridan qabul qilib olingan paxta xomashyosi Oq oltin ovulidagi paxta tozalash zavodida qayta ishlanib, Mangʻit shahridagi korxonada ipga aylantiriladi. Hozirgi kunda paxta tolasidan tayyorlanayotgan kalava ip mahsulotining asosiy qismi Xitoyga eksport qilinayapti.

Korxonada ishchilarning unumli ishlashlari, mahsulot sifatli boʻlishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan ish dastgohlari, barcha texnologiyalar soz ishlashiga erishilayapti. Ish uch smenada tashkil etilgan boʻlib, barcha smenadagi ishchilar ham issiq ovqat bilan taʼminlangan, oylik maoshlari oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilayapti. Ustoz-shogird anʼanasi asosida yangi ishga kelganlar tajribali ishchilarga biriktirilib qoʻyiladi va malakasi oshiriladi.

Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxtachilik-toʻqimachilik klasteri paxtani ekishdan tortib, to yetishtirilgan hosilni qayta ishlash, qayta ishlangan toladan kalava ip yigirish kabi jarayonlarni toʻliq qamrab olgani va bu jarayonda mingga yaqin yurtdoshlarimizning bandligini taʼminlab, iqtisodiyotimiz rivojiga hissa qoʻshayotgani bilan ahamiyatlidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026