Zulfiya — tong kuyçisi
Zulfiya Isroilova taniqli va iqtidorli özbek şoirasi, inson qalbini ötkir his qilgan-mehnatkaş, şarq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uçun mardonavor kuraşgan ayol. Zulfiya şeʼriyatining nufuzi bizning bugungi murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, zamondoşlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridir. U xalqimizning atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinçlik uçun kuraş jarçisi, xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi Davlat mukofoti sohibasi edi.
Zulfiyaxonim özbek şeʼriyatida öziga xos öringa ega şoira bölişi bilan birga inson sifatida ham şu xalqning barça oliyjanob xislatlariga ega ayol bölgan. Şoiraning hayoti va ijodi barça xotin-qizlar uçun ibrat. Negaki, uning hayotdagi mehnatsevarligi, doimo olğa intilişi, sevgi bobida sadoqati, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvçanligi hamda hayot qiyinçiliklaridan esankiramasligi, erişilgan yutuqlar oldida özini yöqotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyğotadi.
Mamlakatimizda bahorni şoira Zulfiya Isroilova tavallud topgan kunni nişonlaş bilan kutib oliş anʼanaga aylangan. Şu munosabat bilan maktabimizda “Zulfiya tong kuyçisi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. Tadbirda ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Z.Saparova Zulfiya hayoti va ijodi haqida maʼruza qildi. Tadbirda 7-, 8-, 9-sinflar qizlari faol qatnaşib, Zulfiyaxonim şeʼrlaridan ifodali aytdilar hamda kuy, qöşiq va raqs ijro qildilar. Zulfiya hayotidan sahna köriniş namoyiş qilindi. Tadbir sönggida faol iştirokçilar Faxriy yorliq va estalik sovğalar bilan taqdirlandi.
Dildora Xolbayeva, 82-sonli maktab ijodiy-madaniy işlar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶