Özbekiston va Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmalari aʼzosi, atoqli şoira Zulfiya Olloyorova muborak 60 yoşni qarşi oldi
Adabiyot – köngil işi, ilhom samarasi, ruhiyat va keçinmalar ifodasidir. Ijod – murakkab jarayon. Sözga umrini bahşida etiş uçun insonda katta jasorat bölişi lozim. Adabiyot xalqni tarbiyalab, yoş avlodni begona ğoyalar taʼsiridan saqlaydi. Ölmas ijod namunalari esa har birimizni ezgulikka çorlab turadi. Şoir va yozuvçilar maʼnaviy obidalarning mohir meʼmorlaridir. Ularning ibratli umr yölini tarğib qiliş yoş avlodning maʼnaviy kamolotida muhim omil bölib xizmat qiladi.
Şu maqsadda mamlakatimizda şoir va yozuvçilar hamda ijod ahliga alohida ehtirom körsatilib, tavalludiga bağişlangan adabiy-badiiy keçalar, yubiley tadbirlari muntazam ravişda taşkil qilinadi. Davlatimiz tomonidan har yili öz ijodiy mehnati bilan xalq farovonligi va yurt ravnaqi yölida xizmat qilib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan ijodkorlar mehnatining eʼtirof etilişi jamiyatda ziyoli qatlamning mavqeyini yanada oşiryapti.
Joriy yilda Özbekiston va Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, amudaryolik taniqli şoira, bir qator kitoblar muallifi, köplab yoş ijodkorlarning sevimli ustozi Zulfiya Olloyorova muborak 60 yoşni qarşi oldilar. Sana munosabati bilan Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan Amudaryo tumani Madaniyat bölimida yubiley tadbiri taşkil etildi.
Tadbirga Qoraqalpoğiston yozuvçilar uyuşmasi masʼul kotibi Beknazar Yernazarov va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist, şoir va yozuvçi Joldasbay Nurillayevlar taşrif buyurdi. Şuningdek keçada, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bölimi muutaxassisi Zarifa Soatboyeva, tumanimizning taniqli şoirlari Tursunboy Abdullayev, Ahmad Nafasov, Şomurod Xöjanov, Xudoybergan Jumamurodov, şoira Zuhra Ahmedovalar hamda ijodkorning muhlislari, şogirdlari, qarindoşlari va keng jamoatçilik iştirok etdi. Keçaga ajoyib suxandon Qudrat Matsafoyev boşlovçilik qildi. Sanʼatkor Vahobjon Abdullayev ijrosidagi jonli qöşiqlar keçaga özgaça fayz bağişladi.
Dastlab ustoz şoir, suxandon Tursunboy Abdullayev sözga çiqib, muborak 60 yoşni qarşi olganligi bilan Zulfiya Olloyorovani tabriklab, özining samimiy tilaklarini izhor etdi. Şoiraning ijod yöli xususida töxtalib, ijodi haqida iliq fikrlarini bildirdi.
Şuningdek, mehmon ijodkorlar Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmasi masʼul kotibi Beknazar Yernazarov va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist, şoir va yozuvçi Joldasbay Nurillayevlar ham sözga çiqib, şoirani yubiley yoş bilan samimiy qutladilar. Mehmonlar yubilyarga uyuşma tomonidan taqdim etilgan tabriknoma va sovğalarni tantali ravişda topşirişdi.
Şuni qayd etişimiz kerakki, Zulfiya Olloyorovaning bugungi kunga qadar “Ufqqa qoqilgan işq”, “Dunyolikda dunyo ranglari”, “Köngilning çor nağmasi” kabi şeʼriy toplamlari naşr qilingan. Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq şoiri Jiyenbay Izbasqanov tomonidan şoira şeʼrlari qoraqalpoq tiliga tajrima qilingan va 2013-yilda “Muharrir” naşriyotida “Suyemen aq bulttay paklik jolin” nomi bilan naşr qilingan. Zulfiya Ollayorova 2014-yil Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilingan. U 2012-2019-yillar davomida Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar markazida tögarak rahbari vazifasida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda “Boğ” mahalla fuqarolar yiğinida maslahatçi vazifasida mehnat qilyapti.
Yubiley tadbiri davomida ustoz şoir Ahmad Nafasov va Şomurod Xöjonovlar ham sana munosabati bilan Zulfiya Ollayorovani samimiy qutlab, şoiraga bağişlangan tabrik şeʼrlarini öqidilar. Şuningdek, 14-sonli maktab öquvçilari tomonidan tayyorlangan sahna çiqişlari ham keçaga fayz bağişladi. Zulfiya mukofoti sohibasi Barno Samandarova ham ustozini tabriklab, şoira ijodidan yod olgan şeʼrlarini ifodali öqidi.
Keça yakunida Zulfiya Olloyorova tadbir taşkilotçilariga, mehmonlarga va barça iştirokçilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Fursatdan foydalanib biz ham Zulfiya Olloyorovani 60 yoşlik yubileyi bilan muborakbod etib, şoiraga sihat-salomatlik va bardavom ijod tilaymiz. Adabiyotga bölgan muhabbat könglimizni aslo tark etmasin.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶