“Adolat” SDP deputati öz saylovçilari bilan uçraşdi
Bugun hayot şiddat bilan özgarib, kundan-kunga oldimizga yangi talablar qöymoqda. Ana şunday bir vaziyatda xalq vakili bölgan deputat hayotni ziyrak bölib kuzatib borişi, öylaşi, aholini taşvişlantirib kelayotgan masalalarni hal etiş çoralarini doimiy izlaşi kerak.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Akbar Rajapov ham öz deputatlik burçini his qilib oldiga qöyilgan vazifalarni sidqidildan bajarmoqda. Deputat 28-“Daryo böyi” saylov okrugidan tuman Kengşi deputatligiga saylangan kundan eʼtiboran aholi muammolari bilan tizimli ravişda işlab kelmoqda.
Bugun deputat tomonidan hududlarda ötkazilayotgan sayyor qabullar hamda uçraşuvlar özining ijobiy samarasini bermoqda. Sababi, aholi muammolarini joylarga çiqqan holda örganiş, ular bilan yuzma-yuz körişib murojaatlarini tinglaş qolaversa, fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilişlarida qulayliklar yaratiş har qaçongidan ham muhim va dolzar ahamiyat kasb etadi.
4-mart kuni deputat Akbar Rajapov hamda partiyaning deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan Beş tom mahalla fuqarolar yiğinida aholi bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda mahalla raisi Ozod Seytimov, mahallaga biriktirilgan hokim yordamçisi Jasur Yermetov, Yoşlar yetakçisi Husan Aşirbayevlar ham qatnaşib aholining muammo va takliflaridan iborat murojaatlarini tinglaşdi.
Uçraşuv davomida öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişni istagan fuqarolardan Bozorgul Saparova aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş istagi borligini bildirib, suv tozalovçi uskuna olişda amaliy yordam berilişini, Örozbika Ötamuratova imtiyozli kredit ajratilişi böyiça, hamda Örazimbat Saparniyazov yer ajratilişi masalalarida murojaat qilişdi. Murojaatlar deputat tomonidan qayd etib borildi. Hamda tegişli tartibda tuşuntirişlib tez kunda hal etilişiga kelişib olindi.
Şundan söng, mahalla hududida yaşovçi fuqarolar tomonidan ekin yerlarini suğorişda muammolar mavjudligi böyiça murojaat kelib tuşdi. Deputat tomonidan şu yerning özida tegişli çora −tadbirlar işlab çiqilib texnik vositalar jalb qilindi hamda ariqlar tozalanib oqova suv yöli kengaytirildi.
Bundan taşqari, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi aʼzolari ham “Temir daftar” va “Ayollar daftari” da turuvçi Qurol Bekenov, Flyura Xolbayeva, Nodira Jumaniyazova, Gulasal Kamalova hamda Gulbahor Xolimbetovalar holidan xabar olib 1 qop un tarqatişdi. Fuqarolar körsatilgan eʼtibor va ğamxörlikdan mamnun bölişib deputatlarga minnaddorlik bildirişdi.
Şu kunga qadar aholining turmuş darajasini kötariş, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining huquqiy muhofazasini taʼminlaş borasida partiya taşabbusi bilan köplab takliflar kiritilib kelingan. Partiyalardan tuman Kengaşiga saylangan barça deputatlar öz dasturlaridan kelib çiqib öz faoliyatlarini samarali tarzda amalga oşirişmoqda.
Şu örinda aytiş kerakki, har bir siyosiy partiya özgaça qaraşlar va tamoyillarga asoslansa ham, ular asosiy maqsad − Vatan ravnaqi yölida birlaşadilar.
Ö.Yuldaşev, “Adolat ” SDP Amudaryo tuman Kengaşi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶