TADBIRKORLAR SAFI KENGAYMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni farovonlik sari yetaklovchi muhim hujjat sifatida har bir yurtdoshimizning koʻnglidan joy oldi. Shu boisdan ham ayni kunda tumanimizda ishbilarmonlar soni kun sayin koʻpamoqda.
Buni tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspektsiyasi taqdim etgan hujjatlarda ham yaqqol koʻrish mumkin.
2013 yilning 1-aprel holatiga 64 ta yuridik tadbirkorlik subʼektlari, 95 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlaridavlat roʻyxatdan oʻtkazilgan. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 17 xildagi faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi 95 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlaridan 63 tasi muddatni yangilash maqsadida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, qolgan 32 tasi yangidan ish boshlayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlaridir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶