SALOMATLIK TADBIRLARIDA TAMAKINING ZARARLARI HAQIDA TUShUNChALAR BERILDI
Chorshanba – tamakisiz kun munosabati bilan tuman Tibbiyot birlashmasi ASTTKK va JFO bulinmasi birlashma shifokorlari bilan birgalikda aholi oʻrtasida tadbirlar oʻtkazildi.
Shu yil 9-mart kuni boʻlib oʻtgan aholi bilan uchrashuvlarda Beruniy nomli mahalladagi 31-sonli, Qangli ovulidagi 6-sonli, maktablarda salomatlik darslari, “Biz tamakisiz hudud uchun ovoz beramiz” mavzusidagi targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Ularda shifokorlardan N.Ataboyev, T.Saidova, Sh.Boltaboyev, M.Ernazarov, S.Safarovalar qatnashishdi.
Tadbirlarda tamaki tutunining inson organizmiga salbiy taʼsiri va ular oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar profilaktikasi, kashandalikning umr zavoli ekanligi, OITSdan saqlanish, jismoniy faollikning salomatlikka ijobiy taʼsiri, sil va uning profilaktikasi kabilar haqida keng tarzda tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbirlarda qatnashgan 100 nafar, shundan 32 nafar uyushmagan aholiga mavzularga oid bukletlar tarqatildi.
Tamakining zararlari, sogʻlom turmush tarziga amal qilishning salomatlikka taʼsiri haqida keng tushunchaga ega boʻlgan aholi shifokorlardan minnatdor boʻldilar.
J.Yavkashev, tuman TTB ASTTQQ va JFO boʻlimi shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶