BAHOR – TOZALIK FASLIDA OBODONLAShTIRISh IShLARI YaNADA QIZGʻIN
Koʻklam kirib kelishi bilan yurtimizda obodonlashtirish ishlari yanada qizgʻin tus oladi. Ayniqsa, Navroʻz bayrami arafasida atrof-muhitni tozalash, daraxtlarga shakl berish, ariqlarni qazib, suv keltirish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Hududlarni koʻkalamzorlashtirish, obod goʻshalarga aylantirish ishlariga alohida eʼtibor berilayotgan ayni kunlarda tumanimizda ham Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida mahallalar, koʻchalar chiqindilardan tozalanib, daraxtlarning shoxlari butalmoqda. Yangidan koʻchatlar oʻtqazilib, butalar oqlanmoqda. Ariq va anhorlar atroflari qazilmoqda. Katta koʻchalarning chetlar, tekislanib, tartibli koʻrinishga keltirilmoqda. Koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obʼektlarining yon-atrofi begona oʻtlardan toʻliq tozalanib, bir necha oydan buyon toʻplanib turgan axlatlarni shahar hududidan chiqarib tashlash ishlari qizgʻin.
“Toza hudud” DUK tuman filiali ishchilari ham bu ishlarda jonbozlik koʻrsatishmoqda. Korxonaga tegishli texnikalar haydovchilari G.Xudoyberganov, X.Nurullayev, F.Saparboyev, nazoratchi B.Davletova, M.Soatboyeva, yuklovchi H.Abdullayev, X.Yernazarov, M.Polvonovlar hududni toza saqlash, aholiga bahor kayfiyatini bagʻishlash boʻyicha oʻz zimmalaridagi vazifalarini aʼlo darajada uddalashayotir.
Toza joyda toza havo, baraka boʻladi. Shu bois, tumanimiz aholisidan goʻzal bahor kunlarida atrof-muhit tozaligini saqlashga masʼuliyat bilan qarashini, har ikkala korxona ishchilari mehnatini qadrlagan holda oʻz mahallasi, koʻchasi va turar joylari atrofini toza saqlashini soʻrab qolamiz.
O.OʻROZALIYeVA,
Beruniy nomli mahalla faoli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶