37-SONLI MAKTABDA GEOGRAFIYa FANI OYLIGI DOIRASIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Umumtaʼlim maktablarida mart – geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani oyligi doirasida turli tadbirlar ötkazilmoqda. Öquvçilarning geografiya va iqtisodiy bilim asoslari faniga bölgan qiziqişlarini oşiriş, egallagan bilim va könikmalarini yanada mustahkamlaş maqsadida ötkazilayotgan uşbu tadbirlar davomida ular faol iştirok etib, bor bilimlarini namoyon etişmoqda.
Amudaryo tumanidagi 37-sonli maktabda fan oyligi munosabati bilan katta tadbir ötkazildi. Unga maktab öquvçi va öqituvçilari bilan birga faxriy öqituvçilar ham taklif etildi.
Tadbirni maktab direktori Murodjon Safarboyev oçib berdi hamda yurtimizda yoş avlodning komil insonlar, kelajak bunyodkorlari bölib voyaga yetişlari uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, maktabda yaratilgan şaroitlar, öquvçilar va öqituvçilar tomonidan qölga kiritilayotgan yutuqlar haqida söz yuritdi. Şuningdek, oylik doirasida ötkazilayotgan oçiq öquv maşğulotlari, geografik keçalar va boşqa tadbirlarning samarasi öquvçilar bilimlarida namoyon bölayotganini ifoda etdi.
Tadbirni maktabning geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani öqituvçisi Dilfuza Sapoqova olib bordi. U fan oyligi boşlanişida öquvçilarning bilimlari davlat taʼlim standartlari va öquv dasturlariga moslik darajasini aniqlaş maqsadida sinflar kesimida sinov testlari ötkazilganini, ular faol iştirok etişganini aytib ötdi. Öquvçilarning mazkur fandan özlaştirişi lozim bölgan bilim, könikma va malakalari monitoring qilingani, oçiq darslar va öquvçilar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar yuqori baholanganini bayon etdi.
Taʼkidlaş joizki, maktabda fan oyligi davomida öqituvçilar özlarining pedagogik mahorati, metodik bilim, könikma va malakalarini oşirib borişi taʼminlandi. Laboratoriya va amaliy maşğulotlarni ötkazildi hamda ularning natijasi tahlil qilib borildi. Öqitişda axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalaniş yöllari, öquvçilar uçun tayyorlangan öquv topşiriqlari, didaktik va tarqatma materiallar tayyorlandi. maktab foyesida “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” fanlari oyligiga bağişlab maxsus stend jithozlandi, körgazmalarga turli albomlar, bukletlar, uslubiy qöllanmalar qöyildi.
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslariga oid tögaraklar, fakultativ maşğulotlar, öqituvçilarning darsdan taşqari olib boradigan maşğulotlari kuzatildi va tajribalari böyiça amalga oşirayotgan işlarning taqdimoti ötkazildi. Maktabda ötkazilgan turli geografik va iqtisodiy bayram va keçalar bilan boğliq gazetalar çiqariş, unda şu fan böyiça qiziqarli maʼlumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, öquvçilarning özlaştirişlari böyiça samaradorliklarini yoritib boriş işlari amalga oşirildi.
Şundan söng, maktabning 5-, 6-, 8-sinf öquvçilari faol iştirok etib, özlarining fan böyiça egallagan bilimlarini, zukkoliklarini, topqirliklarini namoyiş etdilar. Sahna körinişlarini ijro etib, mahoratlarini körsatdilar.
Fan oyligi munosabati bilan ötkazilgan tadbir barçaga manzur böldi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶