STRESSGA QARShI KUN MUNOSABATI BILAN SALOMATLIK TADBIRLARI OʻTKAZILDI
Shu yil 28-mart kun tuman Tibbiyot birlashmasining ASTTKK va JFO boʻlimi hamda Birlashma shifokorlari bilan birgalikda Koʻna bosu aholi punkti, Bobur nomli, Xitoy, Qilichboy ovullari, Besh ovul mahallasi aholisi va 29-sonli umumtaʼlim oʻrta maktabi yuqori sinf oʻquvchilari, Afruza xususiy korxonasi xodimlari, DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism harbiylari orasida har dushanbadagi – “Stressga qarshi kurash kuni” doirasidagi targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida stresslarning organizmga salbiy taʼsiri, stress keltirib chiqadigan kasalliklar va ularning profilaktikasi mavzusida 107 maʼruzalar qilinib tushunchalar berildi.
Shifokorlardan J.Pirmanov, U.Masharipova, S.Rajapova, G.Xaytboyeva, Z.Saparova, M.Jumaniyazova, M.Allamuradova, T.Saidovalar ishtirokchilarning stressning oldini olish, antistress dasturlari, sogʻlom turmush tarzi, jismoniy faollik, piyoda yurishning afzalliklari, sogʻlom ovqatlanish tartibi kabilar boʻyicha savollariga batafsil javoblar berdilar. Shuningdek, oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida turli mavzulardagi 100 donadan ziyod bukletlar tarqatildi.
J.Yavkashev, tuman TTB ASTTKK va JFO boʻlimi shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶