28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:11
Siyosat 👁 390

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 24-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 24-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, joriy yil 17-19-mart kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtgan edi. Yalpi majlisda 18 ta masala, shu jumladan 9 ta qonun koʻrib chiqilib, senatorlar tomonidan qizgʻin muhokama qilindi.

30-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Senatning yalpi majlisida koʻrib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish va jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, senator Botir Matmuratov, tuman hokimi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev, shuningdek, tumandan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab Senator Botir Matmuratov yalpi majlis davomida koʻrib chiqilgan maslalar yuzasidan maʼruza qildi.

Shundan soʻng “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan Amudaryo tumani Jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisi Jasur Oʻrazboyevning maruzasi tinglandi.

Qayd qilinganidek, ushbu qonunga muvofiq 3 ta Kodeks hamda 4 ta Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlib, buning natijasida ijro tartib-taomillari yanada soddalashtiriladi hamda sud va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etilishi taʼminlanadi.

 “Reklama toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati haqida Amudaryo tumani Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi bilan tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi masʼul xodimi tanishtirib oʻtdi. Taʼkidlanganidek, 1995-yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi sababli xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda yangidan tahrirda ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, yigʻilishda “Organik mahsulotlar toʻgʻrisigi” Qonun loyihasining mazmun-mohiyati bilan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi boshligʻi Gulmurot Bekiyev tanishtirib oʻtdi. Qayd etilganidek, hujjat organik mahsulotlarga doir barcha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Yigʻilishda “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi, hamda “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalari boʻyicha ham soʻz yuritildi.

Yigʻilish yakunida deputatlar va yigʻilish ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan masalalar bilan cenatorga murojaat qilishib, atroflicha javoblar oldilar.

Yigʻilishdan soʻng senator Botir Matmuratov tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev va sektor rahbarlari hamrohligida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Doʻstlik” mahallasi hududidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi oldida barpo etilayotgan yashil maydonga borib, mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.

Senator tomonidan tumanimiz boʻylab davom etayotgan koʻchat ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” uyushqoqlik bilan amalga oshirilayotganligi eʼtirof etildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026