Qiliçboy ovulida Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari iştirokida sayyor qabul ötkazildi
Mamlakatimizda inson manfaatlarini taʼminlaş, turmuş sifati va farovonligini oşiriş uçun avvalo, ularning dardu taşvişlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini örganişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda xalq bilan oçiq muloqotlar olib borilib, insonlar huquq hamda manfaatlarini taʼminlaş orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot keçirişi uçun munosib şaroitlar yaratilayotir. Keyingi yillarda amalga oşirilayotgan xalq bilan oçiq muloqotlar, ötkazilayotgan sayyor qabullar va xalq hayotini xonadonma-xonadon yurib örganişlar mamlakatimizni har tomonlama rivojlantiriş yölida muhim vosita bölmoqda.
Aholining turli qatlamlari bilan muloqot qiliş, mavjud dolzarb muammolarni aniqlaş, ularni bevosita joyida bartaraf etiş yuzasidan tezkor va aniq çoralar köriş maqsadida 1-aprel kuni Amudaryo tumanining Qiliçboy Madaniyat markazida sayyor qabul ötkazildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2022-yil uçun belgilangan iş rejasiga muvofiq Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari Rustam Safarboyev boşçiligida ötkazilgan sayyor qabulda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, respublika darajasidagi taşkilotlar va korxonalar vakillari, tuman Xalq qabul xonasi mudiri Erkin Rajabov, sektorlar rahbarlari, tumanda faoliyat körsatayotgan banklar filiallari, korxona-taşkilotlarning masʼul xodimlari iştirok etdilar.
Sayyor qabulda dastlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Rustam Safarboyev mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, hududlarni rivojlantiriş va aholi turmuş farovonligini yaxşilaş maqsadida qilinayotgan işlarga töxtalib ötdi.
Birgina Amudaryo tumanining özida joriy 2022-yilda jami 343,2 mlrd. sömlik 81 ta loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan. Aholining bandlik darajasini oşiriş maqsadida 6972 ta yangi iş örinlari yaratiladi. Buning uçun umumiy qiymati 68,7 mlrd. söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratiladi. Kiçik biznes subʼektlari sonini hozirgidan 3 barobarga oşiriş rejalaştirilgan bölib, 2022-yilda yangidan 645 ta tadbirkorlik subʼektlari taşkil etiladi.
“Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda “Tölqin” ovuli va “Ayoqçi” ahallasida 27,3 mlrd. sömlik quriliş va obodonlaştiriş işlari bajariladi.
Prezidentimizning qarori asosida joriy yilda fermer xöjaliklarining paxta va ğalladan qisqartirilgan 897 gektar maydonlarini 3 ming 588 ta dehqon xöjaliklari taşkil qiliş uçun aholiga beriş böyiça amaliy işlar davom etmoqda.
Sayyor qabul davomida 20 nafardan ziyod fuqarolar özlarini qiynayotgan muammolar bilan murojaatlar qildilar. Murojaatlarning asosiy qismi banklardan kreditlar oliş, içki yöllarni taʼmirlaş, oqar suv taʼminotini hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxşilaş masalalarida böldi.
Sayyor qabulda aholining köpgina muammolari şu yerning özida hal etildi, ayrimlarini hal qiliş yuzasidan masʼullarga topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Hudud faollari tomonidan bildirilgan yöl böylaridagi simyoğoçlarga tungi yoritgiçlar örnatiş taklifi yaqin kunlarda amalga oşirilişi maʼlum qilindi.
Davlat idoralarining xalq bilan muloqot qilib, ularning muammolarini hal qiliş, dard-u taşvişlarini tinglaş böyiça amalga oşirilayotgan bu kabi sayyor qabullar xalqimiz turmuş farovonligini yanada yuksaltirişga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶