MINI FUTBOL BÖYIÇA SEKTORLAR KESIMIDA ĞOLIB JAMOALAR ANIQ BÖLDI
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi orasida sportni yanada ommalaştirişga qaratilgan davlat siyosati hayotga izçil tarzda tatbiq etilmoqda.
Mamlakatimizning barça hududlaridagi qişloq va mahallalarda istiqomat qiluvçi yoşlar va ösmirlar orasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, böş vaqtlarini maqsadli va mazmunli ötkazişlariga erişiş, ularga öz iqtidorlarini namoyiş etişlariga şaroit yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi uçun futbol va mini futbol musobaqalarini ötkaziş anʼanaga aylanib bormoqda.
Joriy yilda uşbu musobaqaga aprel oyining boşida start berilib, ovul va mahallalar futbol, mini futbol jamolari özaro bellaşuvga çiqdilar.
Uşbu nufuzli musobaqaning oçiliş marosimi tumanimizda 5-aprel kuni Manğit şahrining Çordara mahallasidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasida bölib ötgan edi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi boşliği Sultanmurat Jolimbetov va boşqada masʼullar, ovul va mahallalar yoşlari iştirok etişib, tumanimiz rahbari mini futbol bilan şuğullanuvçi yoşlarga uşbu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatlar tilagan edi.
Ötgan kunlar mobaynida musobaqalar barça sektorlar hududlaridagi ovul, mahalla, şaharçalar kesimida ötkazilib, ğoliblar aniqlandi.
Musobaqalar 7-aprel kuni Yangiobod mahallasi va Olmozor mahallasi hududidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonlarida davom etirildi. Jumladan, Olmazor mahallasi hududidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasida tumanimizdagi 1-sektorga qaraşli mahallalar örtasida musobaqalar ötkazildi. Musobaqalarga jami 120 nafar sportçi yoşlar qamrab olindi. Musobaqa yakunida Nazarxon ovuli jamoasi 1-örinni egalladi va keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritdi.
Şu kuni Yangiobod mahallasi hududida joylaşgan Nukus davlat pedagogika instituti qoşidagi matematika faniga ixsoslaşgan maktabning sunʼiy qoplamali mini futbol maydonida 2-sektorga qaraşli mahallalar örtasida mini futbol musobaqasi ötkazildi. Musobaqada jami 170 nafar yoşlar iştirok etdi. Musobaqa yakunida Farovon mahallasi jamosi 1-örinni egalladi va keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritdi.
8-aprel kuni Döstlik mahallasi hududidagi mini futbol maydonçasida 3-sektorga qaraşli mahallalar jamoalari örtasida musobaqalar davom ettirildi. Musobaqalarga jami 120 nafar yoşlar qamrab olindi. Natijalarga köra, Kuyuk köpir ovuli jamoasi keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritdi.
Şuningdek, 8-aprel kuni Yangiobod mahallasi hududida joylaşgan Nukus davlat pedagogika instituti qoşidagi matematika faniga ixsoslaşgan maktabning sunʼiy qoplamali mini futbol maydonida 4-sektorga qaraşli mahallalar örtasida mini futbol musobaqasi ötkazilib unda jami 80 nafar yoşlar özaro kuç sinaşdilar. Musobaqa yakunida Böston mahallasi jamoasi 1-örinni egallab, keyingi bosqiçda qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.
Endilikda sektorlar kesimida ğolib bölgan 4 ta jamoa Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi uçun ötkazilayotgan musobaqalarning tuman bosqiçi ğolibligi uçun özaro kuç sinaşadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶