28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:08
Siyosat 👁 269

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSIGA 29-YIL TOʻLDI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSIGA 29-YIL TOʻLDI

Bu yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi nishonlanmoqda.

Maʼlumki, 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn ikkinchi chaqiriq oʻn ikkinchi sessiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingandi. Shu davr mobaynida mazkur hujjatda aks etgan huquqlarimiz asosida xalqimiz koʻp yutuqlarga erishdi.

Joriy 2022-yil mamlakatimizda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb belgilandi. Shu yilning 28-yanvar kuni Prezidentimizning 60-sonli Farmoni bilan «Inson qadri uchun» tamoyili asosida Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyasi va uni mazkur yilda amalga oshirish boʻyicha davlat tamoyillari tasdiqlandı. Strategiya asosida hamma sohalarda, shuning ichida xalqning ijtimoiy yordamga muxtoj toifasini qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarimizning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, mahalla institutini rivojlantirish, davlat organlarining xalqimiz oldidagi javobgarligini oshirish kabi bir qator vazifalar belgilanib, ijrosi taʼminlanmoqda.
Farmon bilan, 1-aprel kunidan eʼtiboran Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf oʻquvchilari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul ovqat (ertalabgi nonushta va tushlik ) bilan taʼminlash tartibining joriy etilishida Qoraqalpogʻiston aholisiga berilgan eʼtiborning yana bir amaliy misoli boʻldi.

Yoshlar siyosati, xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish, oliy oʻquv yurtlariga qamrab olish darajasini oshirish, yoshlarning bandligini taʼminlash yoʻnalishida ham bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Yana bir misol, Prezidentimizning yaqinda qabul qilgan 87-sonli Farmoni ham xotin-qizlarimizning katta quvonchiga sabab boʻldi. Farmon bilan 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim taʼlim muassasalarida, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim olib kelayotgan xotin-qizlarning kontraktlarini toʻlov uchun 7-yilga foizsiz kredit, magistraturada oʻqib tahsil olayotgan qizlarning kontrakt toʻlovlari davlat byudjetidan qoplab beriladigan boʻldi. Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha alohida oʻquv kurslari tashkil etish belgilandi.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlashimiz zarurki, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi 46-moddasida belgilanganidek, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Shunday ekan, yoshlarimizni har xil yot illatlardan himoya qilishimiz, ularni qonunlarni hurmat etish va unga rioya etishga oʻrgatishimiz zarur. Yoshlarimizni yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga chorlash bilan ularni halol mehnatga, oilani qadrlashga oʻrgatib, oʻz navbatida kuchli davlat barpo etishga munosib qilib tarbiyalashga masʼulmiz.

Fursatdan foydalanib, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi xodimlari barcha yurtdoshlarimizni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi bayrami bilan tabriklab, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlishini tilab qoladi.

M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026