28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Madaniyat 👁 275

15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni

15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni

MILLIY MADANIYaTIMIZ VA SANʼATIMIZNI YaNADA BOYITIB, XALQIMIZGA XIZMAT QILAMIZ

Insoniyat hayotida alohida oʻrin tutib kelayotgan madaniyat va sanʼatning millat taraqqiyoti, rivoji yoʻlidagi hissasi beqiyos. Azal-azaldan sanʼat va madaniyat butun xalq, qolaversa, yosh avlod qalbida milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlashda oʻziga xos taʼsir kuchiga ega boʻlib kelgan.

Aytish joizki, mamlakatimizda soʻnggi yillarda mazkur sohani rivojlanishning yangi bosqichiga koʻtarish yuzasidan hukumatimiz tomonidan tub oʻzgarishlar, islohotlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari rahnamoligidagi madaniyat va sanʼatga boʻlgan ulkan eʼtibor, sohadagi ijobiy burilishlardan ruhlangan tuman Madaniyat boʻlimi va hududlardagi Markazlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar madaniy bayram tadbirlarining chuqur gʻoyaviy mazmun bilan boyitilishini  taʼminlab, xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Soha xodimlari aholining milliy  madaniyatini  rivojlantirish,  keng jamoatchilik  orasida  milliy  qadriyatlarimizni tiklash, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy-madaniy  merosimizni  yuksaltirishga munosib hissa qoʻshishmoqda. Shu qatori yoshlarning isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kitobxonlarga  namunali  kutubxona  xizmati  koʻrsatish,  tarbiyaviy  ahamiyatga ega ishlarni tashkil etish, madaniyatimizni  dunyoga  tanitish  maqsadida  koʻpgina ijobiy  ishlarni  amalga  oshirishmoqda.

Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimiga qarashli 7 ta madaniyat  markazi, 3 ta ashula va raqs,  folklor, tsirk sanʼati yoʻnalishidagi xalq jamoalari mavjud. Undan tashqari, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 1 ta maxsus koʻzi ojizlar kutubxonasi, Mangʻit madaniyat va istirohat bogʻi ham tumanimiz ahlining madaniy-maʼnaviy kamolotiga hissa qoʻshib kelmoqda. Ayni paytda “Qoʻshayev Raim” xususiy korxonasiga qarashli istirohat  bogʻida mavjud  attraktsionlar qatoriga yangi zamonaviy  oʻyin  qurilmalari  imtiyoz  boʻyicha keltirilib, 6 ta  yangi attraktsion  ishga tushirildi. Shuningdek, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 11 ta yoʻnalish boʻyicha 258 nafar bolalar, 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 9 ta yoʻnalish boʻyicha 267 nafar bolalar tahsil olib, musiqa va sanʼat sirlarini oʻrganishmoqda.

Madaniyat markazlarida 20 dan ortiq havaskorlik toʻgaragi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 250 nafardan ziyod oʻquvchilar bor. Yosh avlodni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida qoʻshimcha tashkil qilingan maqom, nazm va nasr, tsirk, ovoz yozish, raqs, bichish-tikish, badiiy oʻqish, baxshichilik, estrada, masxaraboz sanʼati kabi 20 ga yaqin toʻgaraklarda ham 250 nafardan ziyod yoshlar sanʼat sirlarini oʻrganishmoqda.    

Tumanimizda tinchlik va mustaqillik uchun qurbon boʻlgan qahramonlarni yod etish maqsadida “Xotira va Qadrlash maydoni”, maʼnaviyat dargohi,  jonli tariximiz koʻzgusi boʻlgan muzey  tashkil qilingani soha xodimlari faoliyatidagi samaradorlikni yanada oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Endilikda muzey faoliyatini kengaytirish, rivojlantirishga, aholi eʼtiborini jalb etishga imkon boricha harakat qilamiz. Shu bilan birga muzeydagi tarixiy yodgorliklar, maʼnaviy-maʼrifiy xazinalarni  kelajak avlodga yetkazish uchun koʻz  qorachigʻidek asraymiz, ulardan oqilona foydalangan holda, yillar davomida imkon qadar boyitib boramiz.

Biz Madaniyat boʻlimi mehnat jamoasi milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni yanada boyitib, yosh avlod ongiga singdirishga, bayram va boshqa muhim sanalarda xalqqa xizmat qilib, koʻtarinkilik bagʻishlashga, yuksak natijalar, yuqori koʻrsatkichlarga erishishga harakat qilamiz.

 Shuhrat Yusupov, tuman Madaniyat boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026