MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTLARIDA SOĞLOM OVQATLANTIRIŞNI TAŞKIL ETIŞ MASALASI MUHOKAMA ETILDI
Maktabgaça taʼlim bölimida MTTlarda soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş, sanitariya-gigiyena talablari va qoidalariga amal qilişni taʼminlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
13-aprel kuni bölib ötgan uşbu yiğilişda tuman MTB mudiri S.Sadikova, bölim masʼullari va MTTlar rahbarlari, hamşiralari iştirok etdilar. Yiğilişni Maktabgaça taʼlim bölimi mudiri S.Sadikova oçib berdi. Şundan söng, bölimning oziq-ovqat mahsulotlari hisobi böyiça guruh rahbari B.Yerimbetov sözga çiqib, MTTlarda ovqat ratsionini şakllantiriş va brakeraj komissiyasi faoliyatini taşkil etiş masalalari böyiça gapirdi. Undan taşqari, maktabgaça taʼlim taşkilotlariga borib, tarbiyalanuvçilarni ovqatlantirişda sanitariya-gigiyena talablari va qoidalariga amal qiliş tartibi örganilganda xato-kamçiliklar aniqlanganini aytib ötdi.
Yiğiliş davomida maktabgaça taʼlim taşkilotlarida soğlom ovqatlantirişni taşkil etişning maqsadi tarbiyalanuvçilarning soğlom va barkamol ösişini taʼminlaş, oşxonalarda sifatli taomlar tayyorlaş, taomlarni isteʼmol qiliş uçun gigiyenik talablarga muvofiq şaroitlar yaratiş kerakligi, taomnoma joriy kundagi tarbiyalanuvçilar sonidan kelib çiqib, keyingi iş kuni uçun soat 16.00 ga qadar hamşira tomonidan MTT oşpazi va xöjalik mudiri iştirokida tuzilişi, taomnoma asosida keyingi kun uçun oziq-ovqat mahsulotlari xöjalik mudiri tomonidan hamşira yoki navbatçi tarbiyaçi iştirokida iş kuni yakunlangunga qadar oşxonaga berilişi kerakligi töğrisida söz yuritildi. Şuningdek, MTT hamşirasi brakeraj komissiyasining raisi bölib, uning tarkibiga tarbiyaçi, oşpaz, taşkilot kasaba uyuşmasi qömitasi raisi va tarbiyalanuvçilarning ota-onalari vakillari aʼzo sifatida kiritilgan bölişi, brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatişga ruxsat berilganligi haqidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda töldirilib, har kuni hamşiraning imzosi bilan tasdiqlangan bölişi kerakligi va boşqa masalalar muhokama etildi.
Kun tartibidagi masalalar böyiça 3-sonli MTT hamşirasi N.Sabirova, 4-sonli MTT hamşirasi R.Jumanova hamda boşqalar sözga çiqib, öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yiğiliş yakunida barça masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.
S.Patullayeva, tuman Maktabgaça taʼlim bölimining kadrlar bilan işlaş böyiça şöʼba mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶