EKINLARNI BIOLOGIK HIMOYa QILIŞ SIFATINI YaXŞILAŞ MAVZUSIDA SEMINAR ÖTKAZILDI
Mamlakatimiz aholisining köpçilik qismi qişloq joylarda istiqomat qilganligi bois ularning turmuş farovonligi qişloq xöjaligi tarmoği bilan çambarças boğliq. Şuning uçun ham keyingi yillarda agrar sohaga eʼtibor tobora kuçaymoqda, natijada qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmi ortib bormoqda. Bu mamlakatimiz aholisi ehtiyojini özimizda yetiştirilgan mahsulotlar bilan taʼminlanişining yaxşilaşini va eksport hajmining oşişida yaqqol namoyon bölayotir. Endilikda mahsulot sifati va raqobatbardoşligini yaxşilaş, ekologik toza mahsulot yetiştirişni oşiriş, agrar sektorda esport hajmini yana ham köpaytiriş dolzarb vazifa bölib qolmoqda.
Global iqlim özgarişi oqibatida ekinlar zararkunandalarining köpayişiga qulay şart-şaroitlar yaratilib, yangi turdagi kasalliklar paydo bölişiga olib kelmoqda. Bu öz navbatida ularga qarşi kuraşning biologik usullarini yanada takomillaştirişni taqozo etmoqda.
16-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi ösimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman bölimida ötkazilgan seminar ham şu maqsadga qaratildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Biosifat markazi direktori Muxtor Hibbatov, Ösimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti ilmiy laboratoriyasi mudiri Asan Mambatnazarov, uşbu laboratoriya ilmiy xodimi Abdulaziz Yöldoşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi içki karantin bölimi boşliği Radmir Seytmusayevlar, şuningdek, agentlik tuman bölimi xodimlari, tumanimizdagi mavjud 16 ta biolaboratoriyalar xodimlari iştirok etdilar.
Seminarda tumanimizda yetiştirilayotgan qişloq xöjalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan asraş va ularga qarşi kuraşişni samarali taşkil etiş xususida, ösimliklarni, ekinlarni biomahsulotlar bilan zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilişning afzalligi xususida maʼruzalar qilindi. Har bir gektar ekin maydoniga biolaboratoriyalarda tayyorlangan 1000 donadan uç marotaba 3000 dona oltinköz bilan işlov beriş, har 2 gektar yerga bir feramon tutkiçlarni tayinlaşni taşkillaştiriş, bu tadbir hosildorlik salmoği oşişiga ulkan taʼsir ötkazişi keng tuşuntirildi.
Joriy yilda tumanimizda 2022-yil hosili uçun ekilgan 6000 gektar ğalla maydonlarini, şuningdek, 13900 gektar paxta maydonlarini va boşqada qişloq xöjalik ekinlarini zarakunanda haşoratlar va turli kasalliklardan biologik himoya qiliş yuzasidan çora-tadbirlar işlab çiqilib, amalga oşirilmoqda.
Seminarda taʼkidlanganidek, mamlakatimiz Prezidentining şu yil fevralda qabul qilgan “Respublikada ösimliklar karantini va himoyasini tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişning muhim asoslaridan biri – ösimliklarni biologik himoya qiliş sifatini yana ham oşirişga xizmat qiladi.
Farmonga muvofiq biolaboratoriyalarda işçi-xodimlar soni oşirildi va xonadonbay işlaş tizimi ham yölga qöyildi. Endilikda dehqon xöjaliklari va tomorqa yerlarga ham biologik işlov beriladi va aholi ekologik toza mahsulotlar yetiştirişi mumkin böladi. Şuningdek, aholiga biomahsulotlar tayyorlaş örgatilib, işsiz aholi foydali mehnat bilan şuğullanib, daromad topişiga erişilayapti.
Seminarda iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶