29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:32
Fan va taʼlim 👁 417

YaNGI MILLIY OʻQUV DASTURI DOIRASIDA OʻQUV SEMINAR OʻTKAZILDI

YaNGI MILLIY OʻQUV DASTURI DOIRASIDA OʻQUV SEMINAR OʻTKAZILDI

Keyingi yillarda xalq taʼlimi sohasiga jiddiy eʼtibor qaratilib, oʻsib kelayotgan yosh avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, zamonaviy bilimlarni puxta oʻzlashtirishlariga gʻamxoʻrlik kuchaymoqda. Taʼlimga yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar, yangi Milliy oʻquv dasturi joriy etilmoqda. Avvalgi oʻquv dasturlari mazmuni asosan nazariyadan iborat boʻlgan boʻlsa, yangi dasturda esa nazariya bilan amaliyot baravar olib borish koʻzda tutilgan. Avval  oʻquvchilar bilimini baholash faqat eslab qolingan bilimlar hajmini aniqlagan boʻlsa, endilikda oʻquvchilarda shakllangan koʻnikmalar eʼtiborga olinadi.

Umumiy taʼlim maktablarida fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilgan, oʻquvchilar qiziqishlariga koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga yoʻnaltiriladi. Yangi milliy oʻquv dasturida fanlardagi  mavzular takroriy emas, balki bir-birini  mantiqan davom ettiruvchi va soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda kiritilgan.

2021-2022-yilida tajriba-sinov tariqasida taʼlimga joriy etilayotgan ushbu dastur mamlakatimizda taʼlim sifati va natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shu yilning 19-aprelida Amudaryo tumanidagi 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yangi Milliy oʻquv dasturini 6-, 7-, 10-sinflarda ona tili va adabiyot darsida amaliyotga joriy etishga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi metodisti Oʻtkir Matmurodov, tumanimiz maktablarining ona tili va adabiyot fani boʻyicha trener oʻqituvchilari Dilnoza Ibrohimova, Umida Rahimboyeva hamda maktablarning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Oʻquv seminarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 6-, 7- va 10-sinflar oʻquvchilari uchun yaratilgan Milliy oʻquv dasturi, darslik, mashq daftari, undagi topshiriqlar namunalari, ushbu dasturni taʼlimga joriy etishdan kutilayotgan natijalar haqida maʼruzalar qilindi. Ona tili va adabiyot darslarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy masala – oʻquvchida soʻzga qiziqish va eʼtibor hissini muntazam oʻstirib borish, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini tushuntirishdan iborat boʻlmogʻi lozimligi xususida soʻz yuritildi. Seminar ishtirokchilari amaliyotga joriy qilinishi kutilayotgan yangi ona tili va adabiyot darsliklari va undagi oʻzgarishlar xususida ham fikr almashishdi.

Seminar davomida oʻqituvchilar bilan birgalikda yangi darsliklardan joy olgan topshiriqlardan namunalar ishlandi. Shundan soʻng tajribali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari yangi Milliy oʻquv dasturi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Oʻquv seminar qiziqarli va samimiy tarzda oʻtdi, oʻqituvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytirildi.

Albatta, biron yangilikka qoʻl urishdan oldin uning ahamiyatini anglab yetish juda muhim. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, mazkur oʻquv seminar tumanimiz maktablarining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilariga yangi Milliy oʻquv dasturi asosida oʻqitishning maqsad-vazifalarini chuqur yetkazishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026