29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:11
Fan va taʼlim 👁 385

62-SONLI MAKTABDA UCh AVLOD UChRAShUVI OʻTKAZILDI

62-SONLI MAKTABDA UCh AVLOD UChRAShUVI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanining Amir  Temur nomli ovulidagi 62-sonli umumtaʼlim maktabida tumandagi taniqli ustoz-ijodkorlar ishtirokidagi uch avlod uchrashuvi hamda amaliy fanlar oyligi doirasidagi tadbirlar tashkil etildi. 

19-aprel kuni boʻlib oʻtgan tadbirlarga elda taniqli va ardoqli ijodkorlar Tursunboy Abdullayev va Ahmad Nafasovlar tashrif buyurdilar. Ijodkorlar maktab oʻquvchilariga oʻzining hayotiy koʻnikmalarini, ijod sirlarini oʻquvchilarga qiziqarli tarzda soʻzlab berdi.

Ustoz-ijodkorlar hayotlari va ijodi, oʻz qalamlariga mansub nasriy va sheʼriy toʻplamlari, yangi ijod namunalari haqida oʻquvchilarga soʻzlab berdilar. Uchrashuv davomida shoir Tursunboy Abdullayev oʻzining 2021-yilda bosmadan chiqqan “1001 salom va yangi salomlar” nomli asarini ham tanishtirib oʻtdi. Muallifning ushbu asarida oʻzbek xalqining milliy urf-odatlaridan kelin salom va uning bir qancha turlari haqida aytib oʻtdi. Shuningdek, kitobdan oʻrin olgan kelin salomlarida aytiladigan turkumlardan namunalar oʻqib eshttirdi.

Ustoz-ijodkor Ahmad Nafasov taniqli salomchi Tursunboy Abdullayev hayoti va ijodiga bagʻishlab yozgan “Salomchi – mening unvonim” kitobi, uning yaratilish tarixi haqida ham maʼlumotlar berib oʻtdi. Uchrashuv maktab jamoasi va oʻquvchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Ijodkorlar bilan oʻtkazilgan suhbatdan oʻquvchilardagi ijodga, kitobxonlikka boʻlgan qiziqish yanada oshirdi. Tadbirda maktabning 9-sinf oʻquvchisi Nazokat Rajabova, 11-sinf oʻquvchisi Mahliyo Sharipova, 10-sinf oʻquvchisi Marhabo Toʻraboyeva kabi maktabdagi havaskor shoira qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va ijodkorlarning sheʼrlaridan namunalarni yoddan aytib, davraga joʻshqinlik baxsh etishdi.

Shundan soʻng, aprel – amaliy fanlar fan oyligi doirasida maktabning texnologiya fani oʻqituvchisi Laylo Nurmamatova 6-sinflarda “Doʻppi tikish va doʻppilarga andoza olish” mavzusida namunaviy ochiq dars tashkil qildi. Dars davomida oʻquvchilarga doʻppilarning oʻlchamini olish, tikishda foydalaniladigan iplar, ishlatiladigan choklar, tanlanadigan matolar toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Amaliy tarzda andoza olish va chok ishlatishlar koʻrsatib berildi.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Bahor Arikova ham 1-sinfda matematika fanidan “Ikki amalli masalalar” mavzusida namunaviy dars tashkil qildi. Darslar zamonaviy uslublardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda oʻtildi. Oʻquvchilar guruhlarga boʻlinib, oʻzlashtirilgan bilimlarni yana sinovdan oʻtkazishdi. Qiziqarli oʻtilgan mavzular oʻquvchilarga juda manzur boʻldi.

Shu kuni “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyasi doirasida kitoblar koʻchma doʻkoni tashrif buyurdi. Koʻchma doʻkondagi turli mavzulardagi adabiyotlar, sheʼriy va nasriy asarlardan iborat kitoblardan har kim qiziqishiga qarab tanladi.  Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻzlari yoqtirgan kitoblarni xarid qilishdi.

Ijodkorlar bilan oʻtkazilgan suhbat, qiziqarli oʻtgan ochiq oʻquv mashgʻulotlari, turfa kitoblar toʻla rastalar, maqol va shiorlar, turli ertak qahramonlari rasmlari tushirilgan bannerlar tadbir ishtirokchilarga yuqori, koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi. Tafsilotlarga boy oʻtgan tadbirlar barchaga birdek manzur boʻldi.

Shoira Oʻrazmatova, 62-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026