14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:27
Qishloq xoʻjaligi 👁 315

Gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Bahorning har bir kunini gʻanimat bilgan dehqonlar chigit ekish ishlarini yakunlab, gʻoʻza parvarishini boshlab yuborishdi.

22-aprel kuni Choykul ovuli hududidagi “Choykoʻl-Doʻstlik” fermer xoʻjaligida 2022-yilgi hosil uchun chigit ekilgan maydonlarda gʻoʻza qator oralariga birinchi ishlov berish uchun tashkil etilgan kultivatsiya otryadlarining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Anvar Yoʻldashev, tuman hokimi oʻrinbosari Islom Matkarimov, “Amudaryotex” masʼuliyati cheklangan jamiyati klasteri rahbari Fayzulla Saʼdullayev, sektorlar rahbarlari shuningdek, fermer xoʻjaligi raislari ishtirok etdi.

Seminar davomida tumanda faoliyat yuritayotgan 352 ta fermer xoʻjaligi maydonlarida ekilgan gʻoʻzalarni parvarishlash, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, kultivatsiya qilish, chuqur yumshatish kabi muhim jarayonlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, tumanda mavjud 352 ta fermer xoʻjaligi maydonlarining 13 ming 900 gektar maydonida chigitlar ekilgan. Ayni kunlarda chigitlar unib chiqqan maydonlarda agrotexnik tadbirlar boshlab yuborilgan.

“Choykoʻl-Doʻstlik” fermer xoʻjaligida boʻlib oʻtgan seminarda maydonlarda oʻqariqlarni olish, suvdan tejamkor foydalanish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni bajarish tartibi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek ishchilarga, eng avvalo, mexanizatorlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish, oyliklarini oʻz vaqtida yetkazib berish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Ekilgan gʻoʻzalarni parvarishlash vaqtida sugʻorish, begona oʻtlardan himoya qilish, mineral oʻgʻitlar bilan vaqtida oziqlantirib borish yaqin oylar ichida fermer xoʻjaliklari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalar ekani qayd etildi. Ayniqsa, urugʻchilik xoʻjaliklarida bu masalalarga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Boisi, kelgusi yil paxta hosilining moʻl va sifatli boʻlishi bu yil yetishtiriladigan urugʻlikning sogʻlom va talabga javob beradigan boʻlishiga bogʻliq.

Seminarda taʼkidlanganidek, fermer xoʻjaligi maydonlarida bir tekis unib chiqqan gʻoʻza nihollari azotli, fosforli, kaliyli oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, navlarning tozaligi va sifatli oʻsishi uchun zarur kuch va vositalar toʻliq yoʻnaltirilgan taqdirdagina moʻl paxta hosili olish mumkin.

Seminar davomida gʻoʻza parvarishi bilan bir qatorda, gʻallachilik va pillachilik bilan bogʻliq masalalar ham tuman sektorlar rahbarlari va masʼullar ishtirokida muhokama qilindi va amalga oshirish lozim boʻlgan masalalar kelishib olindi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019