14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:00
Siyosat 👁 2,267

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz sakkizinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz sakkizinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2014-yil 26-sentyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani 24-Qangli saylov okrugidan deputat, tuman hokimi R.Yoʻldashev kirish soʻzi bilan ochdi va olib bordi.   

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, hokimlik masʼul xodimlari, hokimlik boʻlimlari va siyosiy partiyalarning tuman Kengashi rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kotibligiga 13-Xorazm saylov okrugidan deputat Gulasal Matyakubova saylandi.

Sessiya kun tartibiga "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov boʻyicha tuman saylov komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi, "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov boʻyicha saylov okruglarining sonini belgilash toʻgʻrisida”gi, "Amudaryo tumani hududidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining tarkibi boʻyicha tavsiyalar berish toʻgʻrisida”gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining  2014-yil 5-sentyabrdagi "Toshkent viloyati hokimligida 2014-yilning 5-sentyabrida oʻtkazilgan "Deputatlik nazorati – mintaqaviy muammolarni hal qilish yoʻllari: "Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish misolida” mavzuidagi davra suhbatida qabul qilingan tavsiyalarni tasdiqlash va ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi SKQ-38-II-sonli Qarori haqida”gi hamda "Tuman hokimining ayrim qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi masalalar kiritildi. Maʼlumki, 2014-yil 11-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha saylov kampaniyasi shu yil 15-sentyabrdan boshlanishini eʼlon qilish haqida qarori qabul qilingan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi ikkinchi qismi va "Davlat hokimiyati vakillik organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 1-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov 2014-yilning dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida – 21-dekabrda oʻtkaziladi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ham 2014-yil 12-sentyabrda saylov kampaniyasining boshlanishini eʼlon qilish haqidagi qarori qabul qilindi. Kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha tuman saylov komissiyasi tarkibini rais va 8 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuzish taklif qilindi va taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullanib, tuman saylov komissiyasi tuzildi. Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala muhokama qilinib, saylovchilar sonini, hududni va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda, Amudaryo tuman Kengashiga saylov boʻyicha 30 ta saylov okrugini tuzish taklif qilindi. Mazkur taklif ham deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Deputatlar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov oʻtkazuvchi 6 ta saylov okruglari boʻyicha okrug saylov komissiyalari tarkibi yuzasidan tavsiyalar berish masalasi muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.

Kun tartibidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2014-yil 5-sentyabrdagi "Toshkent viloyati hokimligida 2014-yilning 5 sentyabrida oʻtkazilgan "Deputatlik nazorati – mintaqaviy muammolarni hal qilish yoʻllari: "Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish misolida” mavzuidagi davra suhbatida qabul qilingan tavsiyalarni tasdiqlash va ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi SKQ-38-II-sonli Qarori haqida”gi va "Tuman hokimining ayrim qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Oʻz muxbirimizdan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019