40-sonli maktabda professor-öqituvçilar oçiq darslar ötdi
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 5-aprel kuni kengaytirilgan tarzda videoselektor yiğilişi ötkazilib, unda Xalq taʼlimi tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi tahlil qilingan va kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olingan edi.
Ana şu ustuvor yönalişlarini amalda bajariş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi maktablarga ham taʼlim-tarbiya sifatini yaxşilaş böyiça oliy taʼlim muassasasalari jamoasi masʼul qilib biriktirilgan. Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi tarafidan tasdiqlangan jadval asosida maktablarga biriktirilgan oliy öquv yurtlari professor-öqituvçilari aprel-may oylari davomida tegişli maktablarda bölib, keng turda tarğibot-taşviqot işlarini olib bormoqdalar.
Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabda taʼlim-tarbiya sifatini yanada yaxşilaşga Qoraqalpoğiston Qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti masʼul qilib biriktirilgan edi. 29-aprel kuni institutning bir guruh professor-öqituvçilari maktabning tabiiy fanlar öqituvçilari uçun “Taʼlim sifatini oşirişda öqituvçining kasb mahorati” mavzusida amaliy seminar trening ötkazişdi.
Seminar trening davomida maktabning 9-“B” sinf öquvçilariga kimyo fanidan “Matematika, fizika, kimyo va informatika texnologiyalari” kafedrasi dotsenti “Kimyoviy reaktsiya tezligi va kimyoviy muvozanat” mavzusida oçiq dars ötdi.
9-“A” sinfda esa fizika fanidan mazkur kafedraning assistent-öqituvçisi “Molekulyar-kinetik nazariya asoslari hamda termadinamika qonunlari” mavzusida dars ötib, mavzu böyiça batafsil tuşuntirişlar berdi. 9-“B” sinf öquvçilari professor-öqituvçilarning informatika fanidan ötgan darsida “Informatika va axborot texnologiyalari haqida umumiy maʼlumot” mavzusida batafsil maʼlumotlar oldi.
Institutning “Matematika, fizika, kimyo va informatika texnologiyalari” kafedrasi katta öqituvçisi maktabning 10-“G” sinfida taʼlim olayotgan öquvçilarga matematika fanidan ötkazilgan oçiq darsda “Matematikada mantiqiy fikrlarni rivojlantiriş” mavzusida keng turda tuşunçalar berdi.
Institutning töqayçilik va dorivor ösimliklar kafedrasi assistenti “Hujayra haqida taʼlimot” mavzusi bilan maktabning 9-“B” sinfida taʼlim olayotgan öquvçilarning bilimlarini yanada mustahkamlaşga hissa qöşdi.
Aytiş kerakki, professor öqituvçilarning 1 soatlik oçiq darslari qiziqarli va mazmunli tarzda taşkil qilinib, öquvçilar bilan savol-javoblar asosida qiziqarli ötkazildi.
Maktabning faollar zalida institutning yoşlar masalalari va maʼnaviy-marifiy işlar böyiça prorektori, şuningdek taʼlim sifatini nazorat qiliş bölimi, gumanitar fanlar kafedrasi boşliqlari hamda özbek, qoraqalpoq va rus tillari kafedrasi assistenti maktab bitiruvçilari bilan uçraşib, ularni kasbga yönaltiriş böyiça maʼruzalar qildi. 11-sinf öquvçilariga institutdagi yönalişlar haqida va mazkur mutaxassisliklarni egallagan yoşlarning kelgusida qaysi sohalarda faoliyat yuritişlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Öquvçilar yiğiliş davomida özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olişdi.
Sanobar Xöjamurodova,
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, 40-sonli maktab direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶