14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 15:26
Siyosat 👁 355

SEKTORLAR FAOLIYaTI: ASOSIY MAQSAD – XALQIMIZNING HAYoTDAN ROZI BOʻLIB YaShAShIDIR

SEKTORLAR FAOLIYaTI: ASOSIY MAQSAD – XALQIMIZNING HAYoTDAN ROZI BOʻLIB YaShAShIDIR

Amudaryo tumanining 1-sektori hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbariyati tomonidan qator amaliy ishlar qilinmoqda. 2022-yilning 1-choragi misolida tahlil qiladigan boʻlsak, bu boradagi ishlarning ijrosi tizimli ravishda davom ettirilayotganini koʻrish mumkin.

Bugungi kunda 1-sektor hududidagi 12 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida 8 ming 542 ta xonadon tarkibidagi 11 ming 574 ta oilada 49 ming 907 nafar aholi istiqomat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 25-fevral kuni sektor rahbarlari hamda faollar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilish bayoniga koʻra, 1-sektor xududida 270,5 mlrd.soʻmlik 25 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va 2 160 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Shundan sanoat sohasida 4 ta loyiha amalga oshirilib, 1 895 ta ish oʻrni, xizmat koʻrsatish sohasida 13 ta loyiha bajarilib, 216 ta ish oʻrni, qishloq xoʻjaligi sohasida 8 ta loyiha amalga oshirilib, 49 ta ish oʻrnilari yaratilishi belgilangan.

Bugungi kun holatiga 2,6 mlrd.soʻmlik 3 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Buning natijasida 25 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

 Joriy yilning 1-choragida “Yoʻl xaritasi”da belgilab berilgan vazifalar ijrosi boʻyicha belgilangan rejalar asosida samarali faoliyat olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyul kungi muxtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi 411-sonli Qaroriga asosan sektor hududida yashovchi nogironligi boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni zarur dori-darmon vositalari, nogironlik aravachalari hamda reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Jami 42 nafar fuqaro reablitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalari bilan taʼminlandi.

 “Temir daftar” roʻyxatidagi oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari tarqatish, ularning oilaviy daromadini oshirish maqsadida sektor xududidagi xar bir maxallada xokim yordamchisi tomonidan kam taʼminlangan oilalar sharoiti oʻrganilib, ularga qora mol, qoʻy-echki, parranda berish, oilaviy tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida tikuv mashinasi, kichik konstruktsiyali issiqxona qurib berish kabi yordamlar koʻrsatilmoqda.

Yoshlar doimiy va kafolatli ish bilan band boʻlsa, ayol-qizlar oʻzlari xohlagan yoʻnalishida daromadli mashgʻulot bilan shugʻullansa, oilalarda xotirjamlik boʻladi, odamlar hayotdan rozi boʻlib yashaydilar.

Sektor hududida vaqtincha ishsiz boʻlgan ayollar va yoshlarning 63 nafarini doimiy ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan 3 nafar ishsiz fuqaroga davlat roʻyxatidan oʻtish uchun subsidiyalar ajratish, 26 nafar ishlash istagini bildirgan vaqtincha ishsiz fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish, 18 nafar ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasbga oʻqitish, xorijdan qaytgan 7 nafar mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash maqsadida sektor xududidagi xokim yordamchilari bilan birgalikda 106 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorligini boshlashlari uchun 2,4 mlrd soʻmlik kreditlar ajratildi.

27 nafar fuqaroga esa 127 mln. soʻmlik subsidiyalar berilib, 224 nafar fuqaroning oʻzini oʻzi band qilish choralari koʻrildi. Tadbirkorlikka koʻmaklashish, yangidan kichik beznes subʼektlari tashkil qilish boʻyicha tahliliy ishlarni amalga oshirish borasida hududda 31 ta yangi kichik biznes subʼektlari tashkil qilindi.

Sektor hududidagi 12 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlarida yashovchi 30 yoshdan yuqori boʻlgan 24161 nafar xotin-qizlar xatlovdan oʻtkazildi. Xatlov yakuniga koʻra, “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga ijtimoiy himoyaga muhtoj 399 nafar ishsiz xotin-qizlar, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand 87 nafar, boquvchisini yoʻqotgan 216 nafar, ijtimoiy yordamga muhtoj 1- va 2-guruh nogironligi boʻlgan 89 nafar, uy-joyga muhtoj 25 nafar, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud 117 nafar xotin-qizlardan iborat jami 933 nafar xotin-qizlarning roʻyxati shakllantirildi. Halq deputatlari tuman Kengashiga ushbu xotin-qizlarni “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritish masalasi boʻyicha taklif kiritildi.

Muhtaram Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq har haftada yoshlar bilan muntazam uchrashib, ularning muammolarini tinglash va joyida hal etishga qaratilgan “Sektor rahbari va yoshlar” mavzusida oshkora muloqot tarzidagi uchrashuv hamda davra suhbatlari oʻtkazish anʼanaga aylantirildi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qarori hamda 23-25 fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida yoshlar hayotiga oid bir qator topshiriqlariga muvofiq yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangicha tizim asosidagi ishlar yoʻlga qoʻyildi. Sektor hududida mazkur Qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha shtab tashkil etilib, tegishli korxona va tashkilotlardan masʼullar biriktirildi. Mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Hususan, yoshlar yetakchilari bilan birgalikda sektor hududida oʻtkazilgan xatlov natijasida 5 304 nafar yoshlar bilan suhbat oʻtkazilib, anketa soʻrovnomalari toʻldirildi va 278 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Unga koʻra, 38 nafar yoshlar ishga joylashish, 151 nafar yoshlar dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ijara huquqi asosida yer olish, 10 nafar yoshlar oʻzining tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida kredit ajratish, 79 nafar yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy muammolari masalalarida “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritildi. 1-chorak davomida “Yoshlar daftari”dagi 17 nafar yoshlarning muammolari toʻliq bartaraf qilinib, “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Insonlarning dard-u tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir. Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Xalqimiz oʻz hayotida ijobiy oʻzgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun koʻrishi kerak”, degan soʻzlari har birimizning, avvalo, har bir rahbar xodimning kundalik ish rejasini amalga oshirishdagi asosiy shioriga aylanmogʻi kerak. Zero, ana shu shior asosida faoliyat olib borish, eng avvalo xalqimizning hayotdan rozi boʻlib yashashini taʼminlash mezonidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019