28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Siyosat 👁 326

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning bayram tabrigi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning bayram tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Muhtaram faxriylar, aziz mehmonlar!

Avvalo, Siz azizlarni, sizning timsolingizda koʻpmillatli xalqimizni Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaning 77 yillik bayrami hamda Xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun barchamiz, avvalo, fashizm ustidan  qozonilgan Gʻalabaga beqiyos hissa qoʻshgan, mana shu yorugʻ kunlarga yetib kelolmagan vatandoshlarimizning soʻnmas xotiralarini yod etmoqdamiz. Jang maydonlarida mardlik, jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sogʻ-omon yurgan faxriylarimizga taʼzim qilamiz.

Urush va urushdan keyingi tiklanish yillarida jonini fido qilib mehnat qilgan, kunni tunga ulab zahmatli xizmatlari evaziga xalq xoʻjaligining oyoqqa turishiga, jamiyatimizning farovon boʻlishiga hissa qoʻshgan urush ortidagi mehnat fronti faxriylarining xizmatlarini doimo eʼtirof etamiz va ularni hamisha qadrlaymiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

Hech shubhasiz, oradan qancha yillar, zamonlar oʻtmasin, fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib boraveradi.

Insoniyat tarixidagi eng daxshatli bu urushda oʻsha paytdagi jami 6 million Oʻzbekiston aholisining 1 yarim milliondan ortiq fuqarosi qatnashgan. Ularning yarim milliondan ziyodi jang maydonlarida halok boʻlishgan. 133 ming nafarga yaqini bedarak yoʻqolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron boʻlib qaytgan.

Tumanimizdan esa 4 ming 344 nafar yurtdoshimiz urushga qatnashib, ularning 897 nafari jang maydonlarida halok boʻlgan boʻlsa, 1 ming 927 nafari bedarak yoʻqolgan hamda 1 ming 500 nafarga yaqini oʻz uylariga nogiron boʻlib qaytganlar.

Oʻzbekiston ahli urush hududlaridan koʻchirib keltirilgan 1 millionga yaqin insonga boshpana berib, oʻz nonini ular bilan baham koʻrishdi. Ota-onasi, oilasidan judo boʻlgan 200 ming nafar begunoh bolalarni “Sen yetim emassan!” deb bagʻriga bosib, mehr-muruvvat koʻrsatdilar.

Aziz yurtdoshlar!

Bugungi tahlikali dunyoda yuz berayotgan voqealar barchamizni tinchlikning qadriga yetishga undaydi. Yaqin qoʻshnilarimiz boʻlgan davlatlarda sodir boʻlgan va davom etayotgan notinchliklar, dunyoning turli nuqtalarida boʻlayotgan urushlar millionlab tinch aholini oʻz domiga tortib, shahar va qishloqlarning vayron boʻlishiga, yuz minglab aholi, ayniqsa begunoh goʻdaklarning hayotdan bevaqt koʻz yumishiga sabab boʻlmoqda. Bu urushlar tinch aholi boshiga qanday ogʻir azob-uqubat va talofatlar, behisob qurbonlar olib kelganiga barchamiz guvoh boʻlmoqdamiz.

Albatta, ushbu mudhish urushlar oqibatlari bebaho neʼmat − tinchlikning qadriga yetishga, doimo hushyor va ogoh boʻlib yashashga, yoshlarimiz ongini buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilib Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga chorlab turadi.

Aziz doʻstlar!

Mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalarda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Inson qadri va manfaati yoʻlida amalga oshirilayotgan bu ulkan oʻzgarishlar, boshqalarning havasini tortadigan yutuq hamda marralarga erishganimizning ortida ulugʻ neʼmat − tinchlik va osoyishtalik turibdi.

Tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari ham shular jumlasidandir. Jumladan, keyingi yillarda birgina Amudaryo tumanida yuzlab oilalar uchun moʻljallangan namunaviy loyihalar asosidagi arzonlashtirilgan uy-joylar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yigʻinlarining, yuzlab yangi tadbirkorlik subʼektlarining binolari qoʻrilib, foydalanishga topshirildi.

Bugun Siz azizlar bilan uchrashib turganimiz − mana shu muhtasham “Xotira maydoni” ham tumanimiz mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobiga barpo qilindi. Bu maydondagi ramziy “Xotira kitobi” sahifalariga Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va shahid ketgan, Vatanimizning tinchligi va ozodligi uchun kurashgan yuzlab yurdoshlarimizning nomlari abadiy muhrlangan.

Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan har bir yurtdoshimizning xotirasi nafaqat ushbu “Xotira kitobida”, balki kelgusi avlodlarimiz qalbida ham mangu yashaydi. Oramizda boʻlgan urush va mehnat fronti faxriylari davlatimiz va jamiyatimizning doimo eʼzozida boʻlib, ularning insoniyatni fashizm balosidan qutqarish yoʻlida qilgan fidoiyliklari kelgusi avlodlarimizga ham ibrat boʻlib qoladi.

Aziz yurtdoshlar, muhtaram faxriylar!

Bugungi qutlugʻ ayyom − Xotira va qadrlash kunida ota-bobolarimizning shonli anʼanalarini munosib davom ettirib, Vatan himoyasi yoʻlida oʻzini ayamasdan, fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur askarlarimizga, ofitser va posbonlarimizga tumanimiz ahli nomidan samimiy minnatdorchilik izhor etamiz. 

Fursatdan foydalanib, muhtaram faxriylarimizni, hamyurtlarimizni bugungi qutlugʻ bayram bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Barchangizga tinchlik-omonlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026