29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:12
Fan va taʼlim 👁 713

69-SONLI MAKTABDA “XOTIRA – AZIZ, QADR – MUQADDAS” DEB NOMLANGAN XOTIRA KEChASI OʻTKAZILDI

69-SONLI MAKTABDA “XOTIRA – AZIZ, QADR – MUQADDAS” DEB NOMLANGAN XOTIRA KEChASI OʻTKAZILDI

Mamlakatimiz boʻylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli tadbirlar, uchrashuvlar va xotira kechalari tashkil etilmoqda. Bayram arafasida shu aziz Vatan ozodligi uchun jonini qurbon qilgan mardlar, jasur oʻgʻlonlar yodga olinib, ularning qahramonliklari yosh avlodga namuna qilib koʻrsatilmoqda.

7-may kuni Amudaryo tumanidagi 69-sonli maktabda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab, “Xotira – aziz, qadr – muqaddas” deb nomlangan uchrashuv kechasi oʻtkazildi. Kechaga Ayoqchi mahallasida yashovchi sobiq afgʻon urushi qatnashchilari Qoʻziboy Davletov, Ozod Yesanov, Haytimbat Jumatovlar taklif etildi. Shuningdek, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Joʻrabek Tajimurodov, tarix fani oʻqituvchilardan Roza Jumamurodova, Sharofat Abduraimova, Dilshod Xudanovlar, boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Adiba Ahmedova, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari Ikrom Gulimbetov, maktab ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Sanamjon Matyakubova, oʻqituvchilar Mahbuba Sariyeva, Xosiyat Oʻrozboyeva hamda boshqalar ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab oʻquvchilari Siroj Yoʻldoshev hamda Aziza Ozodovalar olib borishdi. Sobiq afgʻon urushi qatnashchilari oʻquvchi-yoshlarga urush xotiralari haqida gapirib, bugungi tinch-osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini eʼzozlash va faxriylarimizning hurmatini joyiga qoʻyish yurtimizda ezgu anʼanaga aylanganini aytib oʻtishdi. Suhbat davomida urush xotiralaridan soʻzlab berib, bugungi dorilamon kunlarni qadrlashni nasihat qildilar. Shu bilan birga yigʻilganlarga dunyo xalqlari boshiga musibat solgan mashʼum Ikkinchi jahon urushi, oʻsha ogʻir kunlarni matonat bilan yengib oʻtgan ota-bobolarimizning yengilmas irodasi, cheksiz matonati haqida gapirib oʻtdilar.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat-ehtirom koʻrsatish borasida har yili muayyan ishlar amalga oshirilyapti. Umuman, Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramimizga aylandi.

Xotira kechasida maktab oʻqituvchilari ham Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekistonning gʻalabaga qoʻshgan hissasi, Oʻzbekistondan frontga joʻnab ketgan oʻgʻlonlarning jasorati, yurtdoshlarimizning front ortidagi matonatli va fidokorona mehnati, Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan goʻdaklar, onalar, qariyalar, bemorlarga koʻrsatilgan mehr-muruvvat, saxovat, bagʻrikenglik haqida qiziqarli tarixiy hikoyalar aytib berdilar.

Tadbir davomida maktab oʻquvchilari tinchlik, Vatan haqida sheʼrlar, qoʻshiqlar, shoʻx raqslar ijro etib, yigʻilganlarga xush kayfiyat baxsh etdilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026