14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:07
Siyosat 👁 685

9-may− Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

9-may− Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

Maʼlumki, 1999-yil 9-may kuni Oʻzbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va ushbu kundan buyon 9-may− Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Ushbu bayram arafasida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga beqiyos hissa qoʻshgan, mana shu yorugʻ kunlarga yetib kelolmagan vatandoshlarimizning soʻnmas xotiralari yod etiladi. Qolaversa, jang maydonlarida mardlik, jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sogʻ-omon yurgan faxriylarimizga ehtirom koʻrsatiladi.

9-may– Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mangʻit shahridagi Xotira maydonida ham tantanali tadbir oʻtkazildi. Tadbirda dastlab, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Shundan soʻng tumanimizning isteʼdodli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan ona Vatan va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlar dilida oʻzgacha gʻurur va iftixor uygʻotdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirish, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik koʻrsatgan faxriylarimizga eʼtibor va ehtirom koʻrsatish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni eʼzozlash borasida qilinayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan har bir yurtdoshimizning xotirasi kelgusi avlodlarimiz qalbida mangu yashaydi. Oramizda boʻlgan urush va mehnat fronti faxriylari davlatimiz va jamiyatimizning doimo eʼzozida boʻlib, ularning insoniyatni fashizm balosidan qutqarish yoʻlida qilgan fidoiyliklari kelgusi avlodlarimiz uchun ibrat maktabidir.

Tadbirda tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodov yigʻilganlarni ushbu qutlugʻ ayyom bilan samimiy muborakbod etib, Ikkinchi jahon urushi yillarida mardonavor jang qilib, jonini fido qilgan yurtoshlarimiz hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi barchaning dilida manguga muhrlanganligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, marhumlar ruhiga Qurʼon tilovat qilinib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.

Mehmonlar Xotira maydonidagi ramziy kitob sahifalarini varaqlab, urushda shahid ketgan ajdodlarimizni xotirlashdi. Qonli janggohlardan omon qaytgan, mehnat frontida fidoyilik namunalarini koʻrsatib, xalq xoʻjaligining qayta tiklanishiga hissa qoʻshgan yurtdoshlarimiz nomlarini iftihor bilan tilga olishdi.

Xotira va Qadrlash kunini nishonlashdan koʻzlagan bosh maqsadi – Ikkinchi jahon urushida shahid ketgan bobolarimiz ruhini shod qilish, oramizdagi fidoyi insonlarga hurmat-ehtirom koʻrsatish, aholi, ayniqsa yoshlarni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadrlashga chorlashdir. Zero xotira hamisha muqaddas, inson qadr-qimmati aziz, tinchlik esa eng buyuk neʼmatdir!

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019