29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:12
Fan va taʼlim 👁 416

2-sonli kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi

2-sonli kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji negizida Amudaryo tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi qayta tashkil qilingan edi.

Mazkur oʻquv yurtida jismonan sogʻlom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatʼiy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash va roʻyobga chiqarish, hamda bitiruvchilarni xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish maqsad qilingan boʻlib, bu boradagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Kasb-hunar maktabida 24 nafar oʻqituvchi va 13 nafar ishlab chiqarish taʼlim ustalari oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqdalar.

20-may kuni 2-sonli kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. “Ochiq eshiklar kuni”ga Amudaryo tumani hududidagi barcha umumtaʼlim maktablardan 9-sinfni tugatayotgan oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari tashrif buyurishdi.

Tadbir mehmonlariga kasb-hunar maktabida taʼlim olayotgan oʻquvchi yoshlarning amaliyot davrida tayyorlagan asbob-uskunalari, uy-roʻzgʻor buyumlari, panjara eshiklari, mayishiy texnika vositalari, pishiriq va qandolot, tikuvchilik mahsulotlari koʻrgazmaga qoʻyildi.

Shuningdek, koʻrgazmada “Besh muhim tashabbus” ijrosi asosida tashkil qilingan toʻgaraklar faoliyatidan lavhalar namoyish qilindi.

Oʻquvchilar tomonidan namoyish qilingan sport chiqishlari, tasviriy sanʼat hamda kitobxonlik koʻrgazmalari, badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta tassurot qoldirdi.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, kasb-hunar maktabida avtomobillarni taʼmirlash chilangari, avtomobil yurish qismlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash chilangari, tikuvchi, payvandlovchi, gaz va suv isteʼmol nazoratchi operatori, oshpaz, qandolatchi, hamda axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar taʼlim olishmoqda.

Kasb-hunar maktabiga 2022-2023 oʻquv yili uchun 7 ta yoʻnalishga avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash, avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat koʻrsatish, tikuvchilik, payvandlovchi, gaz va suv isteʼmol nazoratchi operatori, oshpaz-qandolatchi, axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori yoʻnalishlari boʻyicha 210 nafar oʻquvchini qabul qilish rejalashtirmoqda.

“Ochiq eshiklar” kunida malakali ustozlar tomonidan 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalariga ushbu yoʻnalishlarda olib boriladigan taʼlim dasturlari yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, Respublikamizning boʻylab faoliyat yuritayotgan 339 ta kasb-hunar maktablarining barchasida kelgusida ishlash va oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish huquqini beradigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Bilim olish bilan birgalikda kasb-hunar egallab, oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishni istovchi oʻgʻil-qizlarni 2-sonli kasb-hunar maktabi oʻz bagʻriga chorlaydi.

F.Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026