Telekommunikatsiya xizmatlarining sifati nazorat qilinmoqda
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş” Davlat dasturining bajarilişi yuzasidan axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş sohasida ham belgilangan vazifalar izçillik bilan amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda Respublikamizning barça hududlarida “Mahallabay” va “Xonadonbay” işlaş tizimi yölga qöyilgan bölib, uşbu tizim asosida korxona va taşkilot mutasaddilari ham hududlarda bölib, ovul va mahallalarda mavjud muammo va kamçiliklarni örganib, ularning ijobiy hal qilinişiga erişişmoqda.
Jumladan, Özkomnazorat davlat inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respubliikasi hududiy inspektsiyasi xodimlari tuman va şaharlarda bölib, ovul va mahallalarda körsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining sifati, infrastruktura obʼektlari va poçta-aloqa binolarida örganiş işlarini olib borişmoqda.
Şu örinda aytiş kerakki, mazkur yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududi böyiça 200 dan ortiq mahalla va ovullarda internet tarmoqlariga ulaniş böyiça örganiş işlari olib borildi. Örganişlar davomida 465 ta kamçiliklar aniqlanib, tezkorlik bilan bartaraf qilindi va isteʼmolçilarning sifatli internet aloqasi olişga bölgan huquqlari buzilişining oldi olindi.
Özkomnazorat davlat inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy inspektsiyasi tomonidan xalq taʼlimi bölimi, maktabgaça taʼlim, soğliqni saqlaş bölimlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari binolarida yaratilgan telekommunikatsiya infrastrukturasi ahvoli, körsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifati tizimli ravişda nazorat qilib borilmoqda.
Bugungi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasida mavjud 779 ta xalq taʼlimi tasarrufidagi muassasalar, 394 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlari, 237 ta soğliqni saqlaş muassasalari, 422 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida telekommunikatsiya infrastrukturasi yaratilgan bölib, yuqori tezlikdagi internet xizmatlari körsatib kelinmoqda.
Amudaryo tumanidagi Oybek mahalla fuqarolar yiğinida telekommunikatsiya operatori tomonidan liniya-kabel xöjaligini tartibga keltiriş, körsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oşiriş maqsadida eski mis kabellar optik tolali aloqa kabelariga almaştirilmoqda.
Şuningdek, tumandagi 55-sonli umumtaʼlim maktabi tuman telekommunikatsiya tarmoği tomonidan yuqori tezlikdagi internet xizmatlari bilan taʼminlandi.
Bundan taşqari, tumanda poçta-aloqa sohasida yangidan yölga qöyilgan davlat xizmatlari, bank xizmatlari va boşqa turdagi xizmat turlarining aholiga xizmat körsatiş darajasini aniqlaş maqsadida monitoring ötkazildi. Amudaryo tumanidagi barça poçta-aloqa obeʼktlari yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan töliq taʼminlangan.
Amudaryo tumanida aholiga qulaylik yaratiş, uzoğini yaqin qiliş maqsadida poçta-aloqa obʼektlarida 34 turdagi davlat xizmatlari işga tuşirilgan. Şuningdek 2 xil turdagi bank xizmatlari, kommunal tölovlar va 100 dan ortiq boşqa xildagi tölovlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Aytiş joizki, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş va ilğor jahon tajribasiga asoslangan eng zamonaviy aloqa xizmatlarini joriy etiş qisqa vaqt içida “Raqamli Özbekiston”ga ötiş uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶