PARAZITAR ENTEROBIOZ – QURT KASALLIGI VA UNING PROFILAKTIKASI
Enterobioz qözğatuvçisi ostritsa (qil gijja) − yumaloq çuvalçanglar sinfiga mansubdir. Gijjaning madinasi − urğoçi zoti uzunligi 9-12 sm. narinasi − erkak zoti 3-5 sm. böladi.
Qil gijjalar ingiçka içakning pastki va yöğon içakning yuqori qismlarida parazit holda hayot keçiradi. Tuxumdagi liçinka rivojlanişiga kislorod zaruriyati tufayli madina içakning distal tomoniga siljiydi va töğri içakka tuşadi. Keçasi u anal teşigidan örmalab çiqib, perianal burmalariga tuxum qöyadi.
Yuqişning yagona manbai gijja yuqtirgan kasal odam hisoblanadi. Enterobioz bilan kasallangan bemorlar orqa teşik atrofi-dagi qiçişişdan şikoyat qiladi. Köpinça iştaha susayişini kuzatiş mumkin. Bunda bola keçki payt bezovtalanadi, injiq böladi, uzoq vaqtgaça uxlolmaydi, tez turib ingraydi, yiğlaydi, töşakda bezovta yotadi. Yoşi kattaroq bolalarda boş oğriği va iç ketişi, ovqatlarining hazm bölmasligiga olib keladi. Baʼzi bemorlarda allergik reaktsiyalar, zaharlaniş va disbakterioz belgilari kelib çiqadi.
Qil gijjalari keçki payt ayiriş va jinsiy organlarga örmalab kirişi natijasida tundagi siydik uşlamasligiga, qiz bolalarda esa uşbu organlarning şamollaşiga, yalliğlanişiga olib keladi.
Enterobioz taşxisi köp qiyinçilik tuğdirmaydi; tuman Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi parazitologiya bölimining laboratoriyasida mikroskop yordamida bolaning axlati tekşiriladi va tez natijasi aniqlanib, javobi yozib beriladi. Parazitologiya laboratoriyasi şifokor nazoratida tajribali laborantlar S.Nurimbetov, D.Japakovalar aniq tekşirib, natijasini berişadi.
Enterobiozning profilaktikasi sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilişdir. Bolalar boğçalariga boradigan kiçkintoylarning tirnoqlari olingan, kiyimlari toza va dazmollangan holda bölişi kerak. Hojatxonalarni toza saqlaş, xlor sepiş hamda eşik tutqiçlarini xlorli eritmalar bilan tez-tez tozalab turiş kasallikning oldini olişda samarali usul hisoblanadi.
T.AtamurODov,
J.Kamolov, tuman SEO va JSB şifokorlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶