SEMINARDA VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGINING OLDINI OLIŞ ÇORALARI TUŞUNTIRILDI
Virusli gepatit A, yaʼni aholi örtasida sariq kasalligi deb ataluvçi kasallik odamda viruslar çaqiradigan, fekal-oral yuqiş mexanizmiga ega bölgan yuqumli kasallik hisoblanadi. Şu bois, Respublikamizda aholi va bolalar örtasida virusli gepatit A hamda boşqa yuqumli va parazitar kasalliklarni kamaytirişga qaratilgan çoralarni kuçaytiriş va sifatini oşiriş böyiça 2022-2023-yillar uçun qöşimça tadbirlar dasturi işlab çiqilgan.
Uşbu dasturda körsatilgan çora-tadbirlar, belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari uçun seminar taşkil etildi.
82-sonli maktabda bölib ötgan tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi şifokor-epidemiologi Nina Nizamatdinova hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi mudiri Gulşod Tajiboyevalar qatnaşişdi.
Tadbirda sözga çiqqan Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi şifokor-epidemiologi Nina Nizamatdinova mazkur seminar maqsadi bu kasallikning tuman hududida tarqalişining oldini oliş, kasallik profilaktikasi böyiça tuşunçalar berişga qaratilganligini aytib ötdi.
Seminar davomida yuqumli kasalliklardan bölgan virusli gepatit A kasalligi viruslar keltirib çiqaradigan, özgargan oziq-ovqat, qaynatilmagan suv orqali, zarur sanitariya şaroitlari rioya qilinmagan, şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilinmagan va şu kasallikka çalingan bemor bilan yaqin aloqada bölgan holatda yuqişi tuşuntirilib, yengil, örta va oğir turlariga izoh berildi va keng turda misollar keltirildi.
Taʼkidlanganidek, virusli gepatit A kasalligi köpinça 14 yoşgaça, asosan 3-7 yoş bolalar örtasida keng tarqalib, odatda kasallikning örta yaşirin davri 14-35 kunni taşkil etadi. Kasallik belgilari bemorda tana issiqligining kötarilişi, holsizlanişi, tez çarçaşi, iştahaning yöqligi, qayt qilişi, iç ketişi, ayrim vaqtlarda qattalaşi, qorinda, yaʼni öng qovurğa ostida yoqimsiz his yoki oğriq paydo bölişi, siydik rangi töq sariq tusga kirişi, közlarning oqi, teri va tirnoqlar sarğayişi kabilarda körinadi. Ammo asosan 6 yoşgaga bolalarda bu belgilar körinmasligi mumkin. Şu sababli aniq diagnoz laboratoriya yöli bilan qondagi antitelalarni aniqlaş natijasida qöyiladi. Kasallikning maxsus davosi yöqligi sababli davolaş jarayonida bemorga qulay şaraoit yaratiş, tanadagi yöqotgan suyuqlikning örnini töldiriş hamda diyeta saqlaşga yönaltiriladi.
Seminarda kasallikning oldini oliş maqsadida qöllanilib kelinayotgan vaktsinatsiya çoralari xususida ham keng töxtalib ötildi. Şuningdek, davlat tomonidan bolalar 12-13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarşi vaktsina bilan bepul taʼminlanişi, lekin, virusli gepatit A vaktsinasi bilan emlaş uçun hozirda imkoniyatlar çeklanganligi haqida maʼlumotlar berildi. Mutaxassislar virusli gepatit A profilaktikasi, mazkur kasallikning oldini olişda vaktsinatsiyaning ahamiyatini keng tuşuntirib ötdilar.
Seminar yakunida umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari kasallikning oldini oliş, vaktsinatsiya xususida özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar olişdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶