28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:33
Salomatlik 👁 313

TAMAKI ChEKISh VA ZARARLI ODATLARGA QARShI KURAShISh MAVZUSIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

TAMAKI  ChEKISh VA ZARARLI ODATLARGA QARShI KURAShISh MAVZUSIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida barkamol avlodni tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifa turibdi. Shu bois, hozirgi kunda yoshlarimizning bilim olishlari, tajriba orttirishi, oʻz qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, ularning sogʻligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyat  hayotiga, taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻsha oladigan yetuk mutaxassis, komil inson boʻlib shakllanishlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yuksak maʼnaviyatli va madaniyatli boʻlib voyaga yetgan  yoshlar oʻz salomatligiga masʼuliyat bilan yondashadi, uni asrash va mustahkamlash qoidalarini biladi hamda samarali  va mazmunli hayot kechirishga harakat qiladi. Biroq insonning  xulq-atvori, hayotiy ziddiyatlar bilan bogʻliq holatda shakllanadigan baʼzi turmush tarziga oid kasalliklar borki, bu kabi kasalliklarga koʻpincha inson bilib-bilmay chalinib qoladi.

Ana shunday kasalliklar turiga kiruvchi tamaki chekish – inson qanchalik yaxshi tarbiya koʻrishidan qatʼiy nazar, odat tusiga aylanib qolsa, uning hayotini izdan chiqarib yuboradi va sogʻligidagi mukammallika putur yetkazadi.

Chekishning inson organizmi uchun qanchalik zarar ekani haqida Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan birlashmaning Salomatlik maydonchasida Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahalla aholisi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan nafas olish gimnastikasi tadbirida batafsil maʼlumotlar berildi.

Koʻrgazmali mashgʻulotlar jarayonida malakali mutaxassis-shifokorlar Matyoqub Ernazarov, Tamara Saidova, narkolog-shifokor Bahodir Chorshamov hamda Tibbiyot birlashmasi sport ishlari targʻibotchisi Ibodulla Nurimbetovlar ishtirok etishib, har kuni ertalab Tibbiyot birlashmasi Salomatlik maydonchasida, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarining Salomatlik  sport maydonchalarida hududlar aholisi ishtirokida oʻtkazilayotgan ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarining inson organizmiga foydali taʼsiri haqida maʼlumotlar berdilar. Shu bilan birga ertalabki ommaviy yurish, nafas olish gimnastikasi boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazdilar.

Tadbir davomida turli toifa yoshdagi kishilar, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida uchrab turadigan kashandalik – tamaki chekishdek inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvchi illat yuzasidan mutaxassislarning maʼruzalari tinglanib, ushbu zararli odatdan qutilish boʻyicha zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

Tuman hududlarida faoliyat olib boruvchi barcha oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlarining Salomatlik maydonchalarida ertalabki badantarbiya va nafas olish gimnastikasi mashgʻulotlarini tashkil etish va ushbu mashgʻulotlar uzviyligini taʼminlash boʻyicha tadbir ishtirokchilari oʻz fikrlarini  bildirdilar.

Ayniqsa, hududlardagi uyushmagan  yoshlarni ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari, ommaviy yurish mashqlariga keng jalb etish, ular oʻrtasida tamaki chekishning inson organizmiga yetkazadigan jiddiy zarari xususida keng tushuntirishlar olib borish taʼkidlandi.

Shu bilan birga, tamaki chekuvchilar qaysi yoshda boʻlishlaridan qatʼiy nazar, sogʻlom odamlarga nisbatan 13-marta koʻp miokard infarkti va 12-marta koʻp yurak ishemik kasalliklariga duchor boʻlishi, aksariyat hollarda surunkali buyruk yetishmovchiligi xastaliklariga chalinishi va buning jiddiy oqibatlari xususida davra suhbati ham tashkil etilib, aholi tomonidan tushgan savollarga shifokorlar batafsil javoblar berdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026