Kitobxon yoşlar safi kengaymoqda
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beş muhim taşabbusning asosida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişdek ezgu maqsad mujassam. Aynan törtinçi taşabbus doirasida yoşlar örtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş böyiça mamlakatimizda tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, beş muhim taşabbus ijrosini taʼminlaş, öquvçi-yoşlarning kitobga bölgan mehrini oşiriş maqsadida Özbekiston yoşlar işlari agentligi Amudaryo tuman bölimi tomonidan “Zukko kitobxon” körik tanlovi ötkazildi. Tanlov Xitoy ovuli hududidagi 85-sonli maktab binosida taşkil etildi.
Tanlov mahallada yoşlarning ijtimoiy-maʼnaviy bilimlarini yanada mustahkamlaş va amaliy könikmalarini rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni aniqlaş hamda ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning intellektual salohiyati va iqtidorlarini namoyiş etiş uçun imkoniyat yaratiş hamda kitob öqişga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş maqsadida taşkil etildi.
Tadbir avvalida Xitoy ovuli yoşlar yetakçisi Ğayrat Sobirov va Böz yop ovuli yoşlar yetakçisi Valibek Aminovlar sözga çiqib, öquvçi-yoşlarning kitob öqişga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş, ularning dunyoqaraşlarini kengaytiriş maqsadida bunday kitobxonlik musobaqalarni ötkazib turiş muhimligini taʼkidlab, jamoalarga omadlar tiladi.
Mahalla yoşlari örtasida kitobxonlik madaniyatini oşiriş, ularning maʼnaviy saviyasini yuksaltiriş maqsadida taşkil etilgan tanlovda iştirokçilar öz bilimlarini sinovdan ötkazdilar. Qiziqarli munozaralarga boy bölgan uşbu körik-tanlov yoşlar davlatimiz tomonidan yaratilib berayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotganliklarini yana bir bor körsatdi.
Hayʼat aʼzolari iştirokçilarning kitob mutolaasi böyiça bilimlarini sinab, tanlov ğoliblarini aniqladilar.
– Kitob insonning erkin fikrlaşi, aqlan yetuk bölişi hamda maʼnaviyatining şakllanişida asosiy örinni egallaydi, – deydi maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari. – Şu bois maktabida anʼanaviy tarzda kitobxonlik böyiça körik-tanlovlar ötkazilib, öquvçi-yoşlarning kitobga bölgan qiziqişlarini oşiriş orqali ularning maʼnaviy salohiyatini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar davlatimiz tomonidan yoşlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga qaratilayotgan yuksak eʼtibor haqida töxtalib, kitob öqişning foydali jihatlarini tarğib qildilar.
Bu kabi tanlovlarning ötkazilişi yildan yilga öquvçilarning kitobga bölgan qiziqişi ortişi va dunyoqaraşining rivojlanişiga hamda Vatanga bölgan mehr-muhabbatining oşişiga xizmat qilmoqda.
Tanlov sönggida ğolib va sovrindorlar boşlanğiç taşkilot tomonidan diplom va estalik sovğalar bilan taqdirlandi.
Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶