28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:13
Salomatlik 👁 412

NUKUS ShAHRIDA DONORLAR KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

NUKUS ShAHRIDA DONORLAR KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida 2005-yilning may oyida dunyo davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari yakdillik bilan begʻaraz qon donorligini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan edi. Shundan buyon har yili 14-iyun — Butunjahon donorlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Yurtimizda ham ushbu sanaga bagʻishlangan turli tadbirlar, xayriya aktsiyalari oʻtkazish ezgu anʼanaga aylangan.

Shu munosabat bilan 14-iyun kuni Respublika Qon quyish markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Qon topshir – hayot inʼom et!” xayriya aktsiyasi oʻtkazildi. Aktsiya doirasida dastlab tashrif buyurgan mehmonlarga musiqiy dastur namoyish etildi. Dastur davomida taniqli sanʼatkorlar ijro etgan kuy-qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat, koʻtarinkilik bagʻishladi.

Shundan soʻng, Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan tibbiyot xodimlari va koʻngilli donorlar qon topshirdilar.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar, insonning hayotini asrab qolish koʻpincha qon quyish jarayoni bilan bogʻliqligini, qon esa kimyo laboratoriyalarida ishlab chiqilmasligi, u inson organizmidagi bebaho neʼmat ekanligini eʼtirof etishdi. Faqat yaxshi insonlarning yordami bilangina ogʻir ahvoldagi bemorlarni hayotga qaytarish, ularning umriga umr qoʻshish mumkinligini aytib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berishdi.

Taʼkidlanganidek, har bir mamlakat oʻz aholisining qonga boʻlgan talabini qondirish uchun 1000 nafar kishiga donorlar soni 30 nafar va undan ortiq boʻlishi, qon komponentlari bilan taʼminlash uchun esa donorlar soni har 1000 nafar kishiga 10 nafar yoki aholi soniga nisbatan 1 foizni tashkil etishi zarur. Oʻzbekistonda esa bu raqam 5 nafarga toʻgʻri keladi. Agar mazkur koʻrsatkich 10 nafarga oshsa, xalqimizning qonga boʻlgan talabi 100 foizga qoplanadi. Agar 50 nafar odam qon topshirsa, nafaqat talab qondiriladi, balki qon plazmasini qayta ishlash orqali maxsus dori preparatlari tayyorlash mumkin boʻladi.

Shu oʻrinda aytish joizki, 2020-yil yurtimizda 95,5 tonna sof qon tayyorlangan boʻlsa, bu raqam 2019-yilda 96,5 tonna, 2018-yilda esa 85,2 tonnani tashkil etgan. Oʻtgan 2021-yilda esa tibbiyot muassasalariga 113 tonna sifatli qon yetkazib berilgan.

Mamlakatimizda 18 yoshdan 60 yoshgacha, vazni 50 kilogrammdan yuqori, gemoglabin miqdori meʼyorida boʻlgan har bir shaxs donor boʻlishi va yiliga 4-marta qon topshirishi mumkin. Har bir topshirilgan qonning maksimal miqdori 450 millilitrga teng.

Taʼkidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizda ham donorlar soni keskin kamayishiga sabab boʻldi. Oqibatda ogʻir bemorlarning donorlik qoniga boʻlgan talabi sezilarli darajada oshdi. Qolaversa, soʻnggi yillarda yurtimizda noyob yurak operatsiyalari, inson tana aʼzolarini koʻchirib oʻtkazish kabi murakkab jarrohlik amaliyotlarining yoʻlga qoʻyilishi hamda xavfli kasalliklar diagnostikasining yaxshilanishi sababli sifatli qon komponentlariga boʻlgan ehtiyoj yanada ortdi.

Respublikamizda oʻz qonini kamida 40-marta, qon komponentlarini 60-marta topshirgan kishilar faxriy donor hisoblanadi. Yurtimizda ana shunday mehrli va qalbi ezgulikka toʻla insonlar “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Tadbirda ana shunday insonparvarlik yordamini koʻrsatgan ikki nafar yurtdoshlarimizning nomlari tilga olindi va ularga minnatdorchilik bildirildi. Ushbu xayrli aktsiyada koʻngilli talaba-yoshlar ham ishtirok etib, oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Ibodulla Nurimbetov, “Qizil yarim oy” jamiyati tuman boʻlimi ijrochi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026