28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:14
Fan va taʼlim 👁 375

BOLAJONLAR QADRDON BOGʻChASI BILAN XAYRLAShIB, MAKTABGA UChIRMA BOʻLIShDI

BOLAJONLAR QADRDON BOGʻChASI BILAN XAYRLAShIB, MAKTABGA UChIRMA BOʻLIShDI

Beshovul mahallasidagi 42-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotida “Xayr, bogʻchajon!” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir munosabati bilan muassasa hovlisi bayramona bezatildi. Tadbirga pedagog-tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari ham tashrif buyurishdi.

Muassasaning tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktabga kuzatish marosimini mazmunli, esda qolarli, yorqin lahzalarga boy tarzda oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirni tashkilot direktori Gulnora Qurbonboyeva ochib berdi. U oʻz soʻzida yurtimizda yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazish ustuvor masalaga aylangani, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida keng toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, mahalladagi kichkintoylarning sevimli maskaniga aylangan ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotidagi shart-sharoitlar, ularga tarbiya berayotgan tarbiyachi-pedagoglar, oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Taʼkidlanganidek, tashkilotda 4 ta guruhda 90 nafar kichkintoylarga 8 nafar tarbiya-pedagoglar taʼlim-tarbiya berib kelishmoqda. Tayyorlov guruhida esa 25 nafar bolajonlarga “Besh tashabbus” boʻyicha tashkil etilgan 5 ta markazda mashgʻulotlar oʻtkazilib, savod oʻrgatildi. Ularga anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Yil tarbiyachisi” koʻrik-tanlovining oʻtgan yili Qoraqalpogʻiston bosqichida gʻolib boʻlgan Feruza Oʻrozmatova qiziqarli mashgʻulotlar oʻtkazib, maktabga tayyorladi.

Bolajonlar muassasada tashkil etilgan sanʼat, til va nutq, qurish-yasash va matematika, syujetli oʻyinlar va sahnalashtirish, fan va tabiat kabi 5 ta markazda hafta davomida mashgʻulotlarda qatnashishdi va qoʻshiq, sheʼrlar aytishni, oʻyinchoqlar yasash va chizishni, ertak qahramonlari obrazlarini ijro etishni, harflar va yozuvlarni, sonlarni yozishni oʻrganib, fan va tabiat haqidagi tasavvurlarini boyitishdi. Ularga qunt bilan taʼlim-tarbiya bergan tarbiyachi-pedagoglardan Feruza Oʻrozmatova, Yulduz Bozorboyeva, Laylo Qurboniyozova, Shoira Siytimova, Shohsita Qurbonboyevalardan ota-onalar ham juda minnatdor boʻlishdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan ota-onalar muassasa xodimlariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi va shu yerda tarbiyalanayotgan kichkintoylarga televizor sovgʻa qilib, kelajakda ularning komil insonlar boʻlib ulgʻayishlarini tilashdi.

Shundan soʻng, tadbir davom ettirilib, kichkintoylar ijrosida shoʻx qoʻshiq va raqslar, quvnoq sheʼrlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Tashkilot tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan ertak qahramonlari Bilmasvoy va Buratino tomoshalari barchaga juda manzur boʻldi. Bolajonlar ushbu sahna koʻrinishi orqali bilim olishning afzalligini, ilmli boʻlishning ahamiyatini tushunib olganliklarini begʻubor, bolalarcha qarashlari bilan oʻzlarining samimiy tillarida ifodalab berishdi. Ayniqsa, ularning bogʻcha opalarga, oʻzlari ulgʻaygan tarbiya maskaniga, ota-onalariga sheʼriy rahmat aytib, qadrdon bogʻchalari bilan xayrlashishgani hammani juda taʼsirlantirdi.

Tadbir soʻngida maktabga uchirma boʻlgan bolajonlarga faxriy yorliqlar, esdalik sovgʻalari topshirilib, ushbu lahzalarni xotiralarga muhrlash uchun suratlarga tushishdi. Qiziqarli oʻtgan tadbir nafaqat kichkintoylarda, balki ota-onalar va tarbiyachilarda ham katta taassurotlar qoldirdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026