Amudaryo tumani fermerlari ğalla topşiriş rejasini ortiği bilan bajardi
Mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar xalq farovonligining yuksalişiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, boşoqli don ekinlarini yetiştirişga qaratilayotgan eʼtibor dasturxonimiz tökinligini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizning barça hududlarida, şu jumladan Amudaryo tumanida ham ğallaçilik yönalişidagi fermer xöjaliklari tomonidan har yilgi şartnomaviy rejalar ortiği bilan bajarilib, yil davomida xalqimizni sifatli un va un mahsulotlari bilan taʼminlaş imkoniyati oşib bormoqda.
Joriy yil hosili uçun tumanimizda 344 ta fermer xöjaliklari hamda qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan 6 ming gektar maydonga ğalla ekilib, tekis unib çiqqan buğdoy maysalari agrotexnika qoidalari asosida parvariş qilindi.
Fermer xöjaliklari tomonidan buğdoy dalalarini kuz-qiş mavsumida suğoriş va oziqlantiriş işlariga katta eʼtibor berilib, keçiktirib bölmaydigan agrotexnik tadbirlar uyuşqoqlik bilan tizimli ravişda amalga oşirildi.
Erta bahorda buğdoy maysalarini suğoriş va oziqlantiriş, suspenziya sepiş, zararkunandalarga qarşi kuraşiş va begona ötlardan tozalaş tadbirlari davom ettirildi. Natijada yozning örtalariga kelib dalalarimizda közni quvontiradigan, möl hosildan darak beruvçi ğalla boşoqlari böliq bölib yetildi.
Ayniqsa, klasterlar taşkil qilingani hamda ğallani sotiş jarayoniga bozor mexanizmlari joriy qilinayotgani fermerlarning moddiy manfaatdorligini oşirdi. Islohotlar natijasida bu yilgi mavsumdan boşlab yangi tizim joriy qilinib, don yetiştirgan fermer xöjaliklariga davlat xaridlari uçun yetkazilib beriladigan 1 kg tovar donning narxi 3 ming söm qilib belgilandi. Tuman böyiça oladigan bölsak, davlat xaridlari uçun sotilişi reja qilingan tovar donning 5 ming 944 tonnasi, yaʼniy 78 foizi 3 ming sömdan kafolatli sotib olinadi. Qolgan 3 ming 378 tonna buğdoy don korxonasida ijara asosida saqlanib, birja savdolari orqali iyul, avgust, sentyabr oylarida erkin narxlarda sotilişi rejalaştirilgan. Uşbu özgarişlar fermerlarni yerdan köproq daromad va möl hosil olişga undaşi bilan ahamiyatlidir.
Yetiştirilgan hosilni örib oliş maqsadida tumanda jami 17 ta örim otryadlari taşkil etilib, ularga 18 ta kombaynlar biriktirildi. Örim-yiğim mavsumi oldidan don qabul qiliş maskanlari töliq taʼmirlanib, jalb qilinadigan texnikalar texnik körikdan ötkazildi va bu işlarda qatnaşuvçi işçilarning malakalari oşirildi.
Örim-yiğim mavsumining uyuşqoqlik bilan taşkil qilingani natijasida yetiştirilgan donni yiğib oliş işlari qisqa fursatlarda yakunlandi. Bir kunda salkam 850 tonna don qabul maskanlariga kiritilgani ham fikrimizning dalilidir.
Bu kabi uyuşqoqlik natijasida fermerlarimiz şartnomadagi 10 ming 672 tonna örniga 10 ming 704,6 tonna don topşirib, 24-iyun kuniyoq rejalarini ortiği bilan bajardilar va Qoraqalpoğistonda birinçilardan bölib eng sarbaland ğalla xirmonini kötardilar.
Şartnomaviy rejadan taşqari yetiştirilgan hosilning fermer xöjaliklari tasarrufida qolişi qişloq ahlining turmuş farovonligini taʼminlanişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tumanda örim-yiğim işlari hali davom etmoqda. Amudaryolik ğallakorlar dalalarda pişib yetilgan boşoqli donni nes-nobut qilmay, sönggi misqoligaça yiğiştirib oliş uçun mehnat qilmoqdalar.
Fursatdan foydalanib, barça ğallakorlarimizga xirmoningiz hamişa sarbaland bölsin, halol mehnatlaringizning rohatini köriş nasib qilsin, deymiz. Mehnat zafaringiz muborak, aziz amudaryolik ğallakorlar!
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶