Tumandagi 11 ta olis va çekka mahallalarga maxsus konteynerlar örnatilib, mahalla tibbiyot punktlari taşkil etildi
2022-yil 18-mart kuni ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar-inson qadri uçun” mavzusidagi “oçiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlaştiriş va tibbiy hizmatlar samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2022-yil 25-aprel kungi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida köpgina çora-tadbirlar işlab çiqilib, amalga oşirilmoqda. Xususan, tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli 9 ta oilaviy poliklinikalar va 4 ta oilaviy şifokorlik punktlarida kunduzgi statsionar örinlar iş vaqti soat 20:00 gaça uzaytirildi. Şu bilan bir qatorda 1-sonli oilaviy poliklinikada avval mavjud 8 ta kunduzgi statsionar örinlariga qöşimça ravişda 2 ta kunduzgi statsionar örinlar taşkil etilib, jami 10 ta kunduzgi statsionar öringa töldirildi. 3-sonli oilaviy poliklinikada avval mavjud 4 ta kunduzgi statsionar örinlariga qöşimça ravişda 6 ta kunduzgi statsionar örinlar taşkil etilib, jami 10 ta, 7-sonli oilaviy poliklinikasida avval mavjud 5 ta kunduzgi statsionar örinlariga qöşimça ravişda 5 ta kunduzgi statsionar örinlar taşkil etilib, jami 10 ta kunduzgi statsionar öringa töldirildi.
Hozirgi kunda tumandagi olis va çekka hududlardagi mahallalarda yaşovçi fuqarolar öz hududidagi oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy şifokorlik punktlarida taşkil etilgan kunduzgi statsionarlarda bemalol ertalabki soat 08:00dan keçqurun soat 20:00 gaça kerakli muolajalarni oliş imkoniyatiga ega bölişdi. Bu olis va çekka hududlar aholisining tuman markazidagi tibbiy muassasalarga kelib davolaniş zaruratini kamaytirdi.
Tumanda birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlaştiriş maqsadida tumandagi 11 ta olis va çekka mahallalarga (Jumurtov şaharça hudududidagi Toştöğon aholi punktiga, Yuqori qişloq mahallasi hududiga, Qoramon mahallasi hududiga, Amir Temur nomli ovuli hududiga, Beş tom mahallasi Xöjaköl aholi punkiga, Nazarxon ovuli hududidagi Mayliköl aholi punktiga, Nazarxon ovuli Bekboy aholi punktiga, Jumurtov şaharçasidagi Qoratoş aholi punktiga, Boğ mahallasi, Böz yop ovuli hududiga, Qum yop mahallasi Jumaboy soğa aholi punktiga) maxsus konteynerlar örnatilib, mahalla tibbiyot punktlari taşkil etildi. Mahalla tibbiyot punktlariga oila şifokorlari hamda hamşiralar biriktirilgan. Ular mazkur hududlarda yaşovçi aholi salomatligini asraş yölida mehnat qilişmoqda.
A.Örinboyev, koordinator.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶