“SAYAMED” KÖZ KLINIKASI SAMARALI FAOLIYaT YuRITMOQDA
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Soğliqni saqlaş sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori xususiy sektorning soğliqni saqlaş sohasida faoliyat yuritişi uçun yanada qulay şaroitlar yaratdi.
Qaror asosida xususiy tibbiyot muassasalarining faoliyat yuritişiga, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanişiga, körsatilayotgan xizmatlar sifatini, hajmini köpaytirişga imkoniyatlar yaratilmoqda. Natijada xususiy tibbiyot muassasalari rivoji uçun keng yöl oçilib, tibbiyot taraqqiyoti etgan mamlakatlarda foydalanilayotgan ilğor tibbiy texnologiyalar mamlakatimizga olib kelinib, bemorlarga aniq taşhis qöyiş va davolaşda samarali qöllanilmoqda.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham ilğor zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali taşhis qöyib davolaydigan xususiy tibbiyot muassasalari kun sayin köpaymoqda va aholining salomatligini yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
Manğit şahrining Olmazor mahallasida, tuman istirohat boği yaqinida faoliyat körsatayotgan “Sayamed” köz kasalliklarini davolaşga ixtisoslaşgan xususiy klinika ham şular jumlasidandir.
Ijaraga olingan bino maxsus jihozlanib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar keltirilib, taşrif buyuruvçilarga qulay şaroitlar yaratilgan mazkur klinikada bemorlarga aniq taşhis qöyilib, davo muolajalari samarali olib borilmoqda.
Katarakta, glaukoma kabi kasalliklarga çalingan yurtdoşlarimiz hozirgi kunda uşbu muassasada oğriqsiz jarrohlik amaliyoti tufayli darddan xalos bölişmoqda.
Ayni kunda klinikada jami 7 nafar, şundan 3 nafar malakali köz kasalliklari şifokorlari, bundan taşqari, örta tibbiyot xodimi va kiçik hamşira faoliyat yuritişmoqda.
Joriy yilning 28-fevralida iş boşlagan klinikaga şu kungaça 750 nafardan ziyod bemorlar murojaat qildi. Bemorlarning közlaridagi kasalliklarga aniq taşxis qöyilgan holda, aksariyati uşbu klinikada davolanib, dardlariga şifo topişdi.
Bu yurtdoşlarimizning olis şaharlarga borib ovora bölib yurmasdan, tumanimizning özida davolanişlari, nisbatan oğir bölgan köz kasalliklaridan ham jarrohlik usulida xalos bölişlari uçun qulay şaroitlar yaratilganidan dalolatdir. Muhimi, bemorlar jarrohlik amaliyotidan bir neça soat ötgaç, uylariga qaytişlari mumkin, faqat belgilangan vaqtda şifokor nazoratidan ötib, maslahatlariga amal qilib turişlari lozim.
Keyingi yillarda tumanimiz aholisi orasida közning şox pardasi jiddiy zararlanişi, köz içki bosimining oşişi, köz qoraçiği sirtiga et ösişi kabi kasalliklar köproq uçramoqda. Avvallari odamlarni jiddiy xavotirga solgan buningdek kasalliklarni “Sayamed” köz kasalliklari klinikasida boşqa muassasalarga nisbatan ança arzon va samarali davolaş yölga qöyilganligi yurtdoşlarimiz uçun yana bir qulaylik böldi. Klinikada darddan foriğ bölayotgan bemorlar boş şifokor Yahyo Soliyev, şifokorlar Ilhom Xolimbetov, Komiljon Tajiboyevlar faoliyatidan juda xursand.
Dard borki, davo bor, deydi xalqimiz. Biroq öz hududingda, ovoragarçiliksiz davolanganga nima yetsin? Tabiiyki, tumanimizda köz kasalliklari klinikasining taşkil etilganligi aholi uçun bu borada muhim imkoniyatdir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶