28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:21
Jamiyat 👁 337

YaNGILANAYoTGAN HUDUDLAR: uyshinliklarning bugungi hayoti

YaNGILANAYoTGAN HUDUDLAR: uyshinliklarning bugungi hayoti

Qanot qoqib koʻkka parvoz qilishdan mahrum etilgan, qafasdagi qush kabi inson ham agar emin-erkin, mustaqil boʻlmasa, hayotda oʻzligini namoyon etaolmaydi, chinakam baxtiyor boʻla olmaydi.

Shular haqida oʻylaganimda yurtimizdagi istiqlol tufayli qisqa davrda amalga oshirilgan olamshumul oʻzgarishlar, yangilanishlar, yuksalishlar koʻz oʻnglimga keladi.

Quvonarlisi, buningdek xayrli evrilishlar barcha hududlarni, eng chekka ovul, mahallalarni ham qamrab olmoqda, odamlar bu yangilanishlarning haqiqiy ijodkori boʻlmoqda.

Uyshin mahallasi tumanimizning olis, Turkmaniston davlati bilan chegara hududida joylashgan. Jayxun, Namatovul, Uyshin, Begovul, Chunoq aholi punktlaridagi 803 ta oilalar asosan hovli-joylarda istiqomat qiladi. Oʻzbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq millatiga mansub aholi bu yerda azal-azaldan doʻst-birodar boʻlib, yaqin qoʻshnichilik munosabatlari, urf-odatlari, anʼanalarini mahkam saqlab kelishayapti. Jami aholining 268 nafari pensionerlar, shundan 8 nafari ishlovchi pensionerlardir. 219 nafari korxona-tashkilotlarda ishlaydi, 15 nafari tadbirkorlik bilan, 2 nafari milliy hunarmandchilik bilan, 2 nafari savdo-sotiq, 18 nafari chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik bilan shugʻullanadi, 7 nafari turli sohalarda band boʻlgan boʻlsa, 170 nafar fuqarolar mavsumiy ishlarga jalb etilgan. 318 nafar ishlash istagidagi ishsizlar bor. Kelgusida ularning ham bandligini taʼminlab, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlarining choralari koʻrilayotir. 8 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar, 16 ta boquvchisini yoʻqotgan oilalar, 4 ta kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy himoya qilinib, qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Aholi turli millatga mansub boʻlsa-da, toʻy-maʼrakasi, quvonch-qaygʻusi bir boʻlganligidan ularni ajratish qiyin, faqat toʻy-marosimlarda har bir millatning oʻz urf-odatlari, anʼanalari ado etiladi va bunda barcha millat vakillari ishtirok etaveradi. Oʻz milliy urf-odatlari, qadriyatlariga hurmat bilan qaralayotganidan, yangi maʼno-mazmun bilan tobora boyib borayotganidan barcha xursand.

Kishining bugungi hayotidan koʻngli toʻlsa, ertagi kuniga umidlari yanada ortadi, mehnati unumli, topgani barakali boʻladi. Shundandir, uyshinliklarning deyarli har bir xonadonida turli rusumdagi zamonaviy mashinalar, traktorlar, zamonaviy uslubda taʼmirlangan hovli-joylari, barchasining oʻz tomorqa yeri, 350 ta xonadonning esa qoʻshimcha dala tomorqasi, 13 ta xonadonning issiqxonasi bor. 500 ta xonadonda 980 ta yirik shoxli qoramol, 160 bosh qoʻy-echkilar, 2300 ta parrandalar, 176 dona asalari uyalari namunali parvarish qilinib, dasturxonlarini oʻz mehnatlari bilan toʻkin qilishmoqda.

Shuningdek, Maxsud Abduraimov, Karim Otajonov, Ramazon Temirboyev, Farhod Begmurodov, Omonboy Yesqobulov kabi koʻcha boshchilar va yigʻin masʼullari saʼy-harakatlari bilan toʻy-marosimlar tartibli, ortiqcha dabdabasiz oʻtkazilmoqda. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni yot gʻoyalardan himoya qilishga, ilm olishiga, kasb-hunarga yoʻnaltirishga ulkan eʼtibor berilayotir. Shu maqsadda haftaning maʼlum kunlarida madaniy-koʻngilochar tadbirlar, sport musobaqalari muntazam oʻtkazib kelinayotir.

Mahalladagi kichkintoylar maskani

Yosh avlodga gʻamxoʻrlik yoʻlidagi har qanday saʼy-harakatlar yurtimizda qoʻllab-quvvatlanmoqda. Natijada tumanimizning eng chekka hududlarida ham oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etilmoqda. Mahalladagi “Robigʻa momo” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti shular jumlasidandir. Yangidan qurilgan binoda faoliyat boshlaganiga endigina bir yil boʻlay deb turgan ushbu muassasada hududning 50 nafar kichkintoylari taʼlim-tarbiya olishmoqda. 5 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Bogʻcha tarbiyalanuvchilari burro-burro suhbatlashganidan, shirali, bolalarga xos joʻshqinlik bilan madhiyamizni ijro etib berganlarida bu yerda Umida Eshniyozova rahbarligida bolajonlarga puxta taʼlim-tarbiya berilayotganini, bolalarning vaqti mazmunli oʻtayotganini angladik.

– Bu yil bino atroflarini obodonlashtirib, koʻchatlar, sabzavotlar ekdik. Soya-salqin, soʻlim maskanga aylantirishga harakat qilayapmiz. Mahallamizda farzandini bogʻchamizga berish istagidagi ota-onalar koʻp. Hozir imkoniyatimizga qarab 2 guruhda 50 nafar bolajonlarni tarbiyalayapmiz, – deydi mudira Umida Eshniyozova.

Shunday xonadon bor...

Uning sohibi Jumiyoz Hayitboyev, ahli ayoli Zulayho onani butun mahallaning katta-yu kichigi hurmat qiladi, yoʻlini kesib oʻtmaydi, toʻy-maʼrakalarda oʻrni belgili.

Jumiyoz ota, Zulayho onalarning turmush qurganlariga 55-yildan oshibdi, 11 nafar farzandni otaxon kolxozda traktorchi boʻlib, ayoli esa paxta dalasida ishlab, ipak qurti boqib, halol mehnatlari bilan kamolga yetkazishgan, oʻqitib, kasb-korli, hunarli qilishgan, oʻgʻillariga shu elning halol, obroʻ-eʼtiborli xonadonlaridan kelin olib, roʻzgʻorlarini boʻlak qilib berishgan. Biri oʻqituvchi, biri tibbiyot xodimi, turli kasb egalari boʻlgan kelinlar ham hozir oʻgʻil uylantirib, qiz uzatib, atrofi nevaralarga toʻlib qolgan boʻlsa-da, qaynota, qaynonasi xizmatlariga doim tayyor. Biri 85, biri 80 yoshdan oshgan piru badavlat otaxon va onaxon ularni duo qilib, yoʻl-yoʻriq berib oʻtirishadi, hamon bardam, ziyrak.

Hayotda ularning topganlari ham, yoʻqotganlari ham koʻp boʻldi. Har qanday qahatchiliklar, zahmatlarni boshidan kechirganlarida ham oʻzlarini hayotning ulugʻ neʼmatlari – farzandlar quvonchi bilan ovutdi, farzand dogʻiga ham shukur qilib, qolganlariga umr tilashdi.

Jumiyoz ota va Zulayho onalarning umr yoʻli nafaqat mahalladoshlari, balki, barcha yurtdoshlarimiz uchun ibrat boʻla oladi. Shundandir, mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari ham ularni koʻrgani, suhbatlashgani kelib turishadi. Hozir ular bogʻ-rogʻlarga burkangan, soʻlim goʻshada 40 nafarga yaqin nevaralari, 23 nafar chevaralari ardogʻida yashashmoqda, tillarida doim shukrona, nevara-chevaralariga ham doim shunday deydi: “bugungiday dorilomon kunlar hech qachon boʻlgan emas, inson zoti bugungiday eʼzozlangan emas, qadriga yetinglar”.

Ahillik – baraka keltirayapti

Shu yil boshida ovul va mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi lavozimi joriy etilgani butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham koʻpgina xayrli oʻzgarishlarga asos boʻlayotir.

Uyshin mahallasidagi hokim yordamchisi Ruslan Norimbetov oʻz faoliyatini yigʻin raisi, ayollar faoli, yoshlar yetakchisi bilan birgalikda aholi xonadonlarini oʻrganib, oilalarda daromad manbalarini koʻpaytirish choralarini izlashdan boshladi. Shu kungacha uning bevosita koʻmagi bilan 20dan ziyod oilalar kredit olib, turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini boshladilar.

Mahalla kelinlari – ikki dugona Shohida Oʻrozboyeva, Nargiza Yusupovalar ham shular sirasidan.

Kredit mablagʻi hisobiga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etganlar, avtomashina xarid qilganlar, uy-joy olayotganlar atrofimizda koʻp. Biroq hamjihatlik bilan ikki kishining bir maqsad uchun kredit olgani kamdan-kam uchraydigan holat boʻlsa, ajab emas.

Ha, Shohida 26 million, Nargiza 19 million imtiyozli kredit hisobiga birgalikda kichik non pishirish tsexini sotib olib, shu yil aprelidan novvoylik faoliyatini boshlab yuborishdi. Bir yoʻla 36 ta buxanka nonni pishirish quvvatiga ega pechda hozirgi kunda dugonalar obi non, patirlar ham yopishayapti. Yana bir qoʻshnisini ham ish bilan taʼminlashgan. Ularning nonini asosan buyurtmachilar, hudud aholisi xarid qilishayapti. Ahillikda qilingan mehnatlari tufayli ikki qoʻshni ayol har oy uchun kreditlarining belgilangan qismini qaytarib, oilalariga ham daromad kiritmoqdalar.

– Kreditimiz hafta ichida tayyor boʻlib, uskunamizni oldik. Buncha tez hal boʻlishini oʻylamagandik. Axir avvallari yillab sarson boʻlib kredit ololmaganlarni bilamiz. Shuning uchun pechni oʻzimizning oshxonamizga oʻrnatdik. Nasib qilsa, faoliyatimizni kengaytiramiz, –deydi ular yuzlari quvonchdan kulib.

Mahallada fuqarolar yigʻini raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisining hamkorlikdagi koʻmagi bilan kredit hisobiga Shohida, Nargizalar singari tikuvchilik, baliqchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik sohalarida ish boshlaganlar ham koʻp.

Mahallaning obod koʻchasi

Bugun koʻpmillatli, azal-azaldan mehr-oqibat, sabr-qanoat, oʻzaro hamdoʻstlik, hamjihatlikni yuksak tutib, shu tabarruk zaminda umrguzaronlik qilib kelayotgan nekbin xalqimiz hayotida yangilanishlar, oʻzgarishlar, yuksalishlar shiddat bilan kechmoqda.

Quvonarlisi, buningdek xayrli ishlar avvalo fuqarolarimizning baxti, farovon turmushi, oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga xizmat qilmoqda, inson qadri ulugʻlanmoqda.

Buningdek eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar aholining ertagi kuniga ishonchini mustahkamlab, koʻnglida oʻz yurtidan faxr-iftixor tuygʻularini yuksaltirmoqda, yana ham obodlik, farovonlik sari intilishiga asos boʻlmoqda. Buni mamlakatimizning eng chekka, kichik bir hududi – Uyshin mahallasi hayotida ham kuzatishimiz mumkin. Bogʻlarga burkangan hovli-joylar, infratuzilma obʼektlari, ravon koʻchalar bundan dalolat berib turibdi.

Mahallaning 2-Chunoq koʻchasi hududning eng namunali koʻchalaridan biri. Unda joylashgan 24 ta hovlilar atroflari saranjom-sarishta, supurib, suv sepilgan. Obodlik koʻngildan boshlanishiga shu xonadonlarda yashovchi otaxon, onaxonlar bilan suhbatlashsangiz yaqqol amin boʻlasiz.

Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Rustam Rajabovning taʼkidlashicha, hududda kelgusi yilda yana ham ulkan yangilanishlarga guvoh boʻlamiz. Boisi, mahalla 2023-yilgi “Obod mahalla” dasturiga kiritilishi rejalashtirilmoqda va shu maqsadda taʼmirlanadigan yoʻllar, koʻchalar, obʼektlar aniqlanmoqda. Inson omiliga eʼtibor tobora kuchayayotgan mamlakatimizda koʻzda tutilayotgan xayrli ishlar bisyor.

Uyshin mahallasi hayoti bilan tanishish jarayonida buningdek ezguliklar mamlakatimizning har bir hududini, olis mahallalarni ham qamrab olayotganiga guvoh boʻldik. Iloho, istiqlol sharofatidan ravnaq  topayotgan yurtimizga koʻz tegmasin!

Oygul RAJABOVA, gazetaning maxsus muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026