76-SONLI MAKTAB ASOSIY BINOSI REKONSTRUKTsIYa QILINIB, 360-ÖRINLI QÖŞIMÇA BINO QURILMOQDA
Mamlakatimiz yangi davrga qadam qöyayotgan, yangilanişlar şiddat bilan keçayotgan hozirgi davrda maktab taʼlimini rivojlantiriş eng ustuvor vazifalar qatorida turibdi. Çunki har qanday davlat kelajagi bilimli, fidoyi insonlarga boğliq. Maktablarning inson şaxsi kamolotidagi örni beqiyosdir. Özbekistonning 2022-2026-yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasida törtinçi ustuvor yönaliş aynan taʼlim sohasini rivojlantirişga qaratilgan.
Keyingi yillarda yangi massivlar qurilişi, qişloq infratuzilmasi kengayişi va aholi soni ösişi mavjud maktablarning ayrimlarida qöşimça öquv binolari qurilişi zaruratini yuzaga keltirdi.
Amudaryo tumanining Toşyop ovulida, Manğit şahri bilan çegaradoş hududda, aylanma yöl böyida joylaşgan 76-sonli maktabda ham şunday zarurat yuzaga kelgan edi. Mazkur maktabda şu paytga qadar 22 ta sinfda 216 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya olayotgan edi. Hududda yangi aholi massivlari qurilayotgani, öquvçilar soni tobora köpayib borayotgani inobatga olinib, maktabni rekonstruktsiya qiliş va qöşimça 380 öquvçi örniga möljallangan yangi bino qurilişi boşlab yuborildi.
Bu işlarni amalga oşiriş uçun 4 milliard 327 mln. söm mablağ ajratilgan. Quriliş işlari Saidakbar Saidahmedov rahbarligidagi “Temir beton” masʼuliyati çeklangan jamiyati işçilari tomonidan amalga oşirilmoqda.
Quriliş işlari 108 kun içida yakunlanişi reja qilingan. Hozirgi kunda asosiy binoning tomini şiferlaş, içki va taşqi pardozlaş işlari bilan bir qatorda qöşimça yangi bino quriş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Işçi-quruvçilarga işlaş uçun munosib şaroitlar yaratilgan bölib, ikki mahal issiq ovqat, çoy bilan taʼminlangan. Ularning unumli mehnatlari tufayli asosiy binodan taşqari qöşimça binoning birinçi qavatida ğişt teriş işlari sifatli tarzda, belgilangan jadval asosida olib borilmoqda. Binoning ğişt terib bölingan qismlariga esa beton plitalar yotqizilmoqda.
Şu kungaça amalga oşirilişi rejalaştirilgan asosiy binodagi rekonstruktsiya va qöşimça bino qurilişi işlarining ellik foizi ado etildi va quruvçilar işlarni jadal surʼatlarda davom ettirişmoqda.
Qisqa qilib aytganda, çor-atrofi anvoyi gullar, mevali, manzarali daraxtlar bilan bezangan 76-sonli maktab hududida ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda.
Maktab öquvçilari yangi 2022-2023 öquv yilini rekonstruktsiya qilinib, öqiş uçun qulay şaroitlar yaratilgan sinfxonalarda boşlaşadi. Qöşimça bino qurilişi natijasida maktabda 12 ta yangi sinfxona paydo böladi. Bu yerda taʼlim olayotgan Manğit şahrining Olmazor mahallasi hamda Toşyop ovuli, Bosuv mahallasi hududlarida yaşovçi öquvçi yoşlar yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, puxta taʼlim olişga intiladilar, degan niyat bilan maktab jamoasining kelusi öquv yilidagi işlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶