28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:42
Jamiyat 👁 379

“Noʻgʻay eshon” jomʼe masjidining yangi binosi qurilishiga ilk gʻisht qoʻyildi

“Noʻgʻay eshon” jomʼe masjidining yangi binosi qurilishiga ilk gʻisht qoʻyildi

Masjid – moʻʼmin-musulmonlar uchun ibodat maskanidir. Ruhiy ozuqa oladigan va oʻzaro birodarlik rishtalarini mustahkam bogʻlaydigan masjidlarning bunyod etilishi, mavjudlarining taʼmirlanib, ibodat qiluvchilar uchun qulay holatga keltirilishi yurtdoshlarimizning ayni koʻnglidagi ishlardir.

Maʼrifat va ruhiy tarbiya maskani hisoblanmish masjidlarning Amudaryo tumanida ham bunyod etilayotgani barcha uchun quvonarli, albatta.

Shu yilning 30-iyulida tumanning Choykoʻl ovuli aholisi hayotida unutilmas voqea boʻldi: hududdagi imorati eskirib, bugungi kun talablariga javob bermay qolgan “Noʻgʻay eshon” jomʼe masjidining yangi binosi qurilishiga tamal toshi qoʻyilgan, tegishli tashkilotlar ruxsatnomasi asosida maschid binosini qaytadan bunyod etish ishlari boshlangan edi.

Poydevori bitkazilgan bino devoriga ilk gʻishtni shu kuni tumanimizga xizmat safari bilan tashrif buyurgan Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamsiddin Baxaoʻaddinov qoʻyib berdi va masjid qurish, uni obod maskanga aylantirishning qanchalik ulugʻ savob ish ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman bosh imom-xatibi Abdurahman Matsafoyev va boshqalar yangi masjid binosining barcha moʻʼmin-musulmonlarga hidoyat tarqatuvchi, yoshlar maʼrifatining yuksalishiga hissa qoʻshadigan qutlugʻ dargoh boʻlishini taʼkidladilar va masjid qurilishida ishlayotgan, qurilishga beminnat moddiy yordam berayotgan insonlarga ulkan minnatdorchilik bildirishdi.

Masjid binosi qurilishiga ilk gʻisht qoʻyish marosimida tumanimiz ulamolari, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda choykoʻllik nuroniylar ham soʻzga chiqib, masjid binosi qayta qurilishi moʻʼmin-musulmonlarning ibodat qilishlariga qulay sharoit yaratishi va maʼrifat maskaniga aylanishiga zamin boʻlishini taʼkidladilar, buningdek savobli ishga fatvo bergan mutasaddi tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdilar.

Mustaqillik tufayli yurtimizda muqaddas islom dinimizga emin-erkin eʼtiqod qilish, jomʼe masjidlari qurish va ularda jamoat boʻlib namoz oʻqish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Fuqarolarning boshqa huquq-erkinliklari qatori vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgani bugun hududlarda yangi-yangi masjidlar binolari bunyod etilayotganida ham yaqqol namoyon boʻlayotir.

Choykoʻl ovulida yangi meʼmoriy uslubda, milliy andozalarga mos qurilayotgan masjid binosi ham zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi xalqimizning diniy savodxonligini oshirishga, namoz ibodatlarini qulay sharoitlarda ado etishiga xizmat qiladi.

Tadbir soʻngida barcha ishtirokchilar qurilayotgan masjidning yurtimiz musulmonlariga xayrli boʻlishini, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik tilab duolar qildilar.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026