“Taşabbusli byudjet” loyihasida ğolib bölgan takliflar ijrosi taʼminlanmoqda
“Taşabbusli byudjet” loyihasi joylardagi ijtimoiy muammolarni yeçişda aholini birlaşişga, jamoaviy qarorlar qabul qilişga örgatmoqda. Qolaversa, bu jamoatçilik nazoratining kuçayişiga, mahalliy deputatlarning faollaşuviga hamda davlat byudjetidan ajratilayotgan mablağlarning maqsadli sarflanişiga ham xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanida ham fuqarolar “Taşabbusli byudjet” jarayonida faol iştirok etişdi. 1-bosqiçda fuqarolar tomonidan kiritilgan jami 11 ta taklif ğolib deb topildi. Bugungi kunda loyiha doirasida ğolib bölgan takliflar ijrosi taʼminlanib, quriliş, taʼmirlaş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Tölqin ovuli aholisi ovul hududdagi 33-sonli maktabga farzandlarining xavfsiz borib-kelişlari uçun piyodalar yölakçasini quriş taklifini bildirişib, bir yoqadan boş çiqargan holda “Taşabbusli byudjet” jarayonida faol iştirok etişdi va uşbu loyiha ğolib deb topildi.
Bugungi kunda piyodalar yölakçasini quriş işlari “Jayxun master stroy” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 63 foizga bajarildi. Quriliş işlariga jami 300 mln. söm miqdorida mablağ ajratilgan bölib, quruvçilar piyodalar yölakçasini mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida qurib bitkazişni rejalaştirganlar.
Şuningdek, tumanning Tor yop mahallasida istiqomat qiluvçi aholi ham jarayonda faol iştirok etişib, mahalla hududidan ötuvçi 2,2 km uzunlikdagi Tor yop – Qiliçboy avtomobil yöliga asfalt qoplama yotqiziş taklifini bildirişdi va ovoz beriş jarayonida faol iştirok etişdi. Mazkur loyiha ham ğolib deb topilib, bugungi kunga qadar Beruniy tuman yöllardan foydalaniş unitar korxonasi tomonidan taʼmirlaş işlari 60 foizga bajarildi.
Undan taşqari, mahalla hududidagi Dehqonbirlik köçasining 1 km qismini avval tuproq bilan kötariş va keyin toş yotqiziş taklifi ham köp ovoz töplagani sababli tuman mahalliy byudjetidan moliyalaştirildi. 200 mln. söm mablağ evaziga “Töliboy-Yöldoş-Şerman” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan bu işlar sifatli tarzda yakuniga yetkazildi.
Şu örinda aytiş kerakki, “Taşabbusli byudjet” loyihasi aholining ijtimoiy muammolarini yeçişning yagona yöli bölmasa ham, odamlarni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarni hal etişda muhim vosita bölmoqda.
Byudjet oçiqligini taʼminlaş borasidagi islohotlarning amaliyotga joriy etilişi birinçidan, davlat byudjetining samarali işlatilişini taʼminlasa, ikkinçidan jamoat nazoratining kuçayişiga xizmat qiladi. Uçinçidan esa fuqarolar yordamida uzoq yillardan beri hal bölmayotgan ijtimoiy muammolarni aniqlaş va yeçilişini taʼminlaş imkoniyat yaratiladi.
Byudjet oçiqligini taʼminlaşning yana bir muhim jihati şundaki, jamoatçilik özi bildirgan va ovoz bergan taklifning moliyalaştirilişi va işlarning sifatli bajarilişini nazorat qiladi. Bu esa pudratçi taşkilotlar tomonidan byudjet mablağlarining talon-taroj qilinişiga jiddiy tösiq böladi.
Şuning uçun aholining turmuş farovonligini taʼminlaş, ijtimoiy muammolarini hal etiş, ularga munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş maqsadida byudjetdan ajratiladigan mablağlarni taqsimlaş jarayonida fuqarolarimiz iştirokini kengroq taʼminlaniş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶