28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:20
Sport 👁 341

"BESh TAShABBUS OLIMPIADASI" MUSOBAQALARIDA QATNAShGAN AMUDARYoLIK SPORTChILARGA SOVGʻALAR TOPShIRILDI

"BESh TAShABBUS OLIMPIADASI" MUSOBAQALARIDA QATNAShGAN AMUDARYoLIK SPORTChILARGA SOVGʻALAR TOPShIRILDI

"Besh tashabbus olimpiadasi"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol ishtirok etgan amudaryolik sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

5-avgust kuni tuman hokimligida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi boʻlim boshligʻi Ikrom Qudiyarov, Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Sportni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyev hamda "Besh tashabbus olimpiadasi"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol ishtirok etgan amudaryolik sportchilar qatnashishdi.

Tadbirda dastlab, “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida amudaryolik yosh sportchilarning faol ishtirok etgani, yurtimizning sport sharafini himoya qilishga astoydil harakat qilishgani, yoshlar oʻzlarining abjirligi, chaqqonligi va mahoratini koʻrsatishga intilishgani xususida soʻz yuritildi.

Shunday sportsevar yoshlar ertaga jahon arenalarida Oʻzbekiston bayrogʻini yuqori koʻtarishi, Vatanimiz nomini dunyoga tanitishiga ishonch bildirildi va yosh sportchilar bundan ham katta yutuqlar sari harakat qilishga ruhlantirildi.

Taʼkidlanganidek, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida yosh sportchilarimizdan 41 nafari musobaqa va koʻrik-tanlovning keyingi, yaʼni Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Ushbu yoshlarimizning 16 nafari Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, esdalik sovgʻalari va mahallasiga sport inshooti qurish uchun sertifikatga ega boʻlishdi.

Tumanimizdan futbol boʻyicha 16-30 yosh toifasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati kubogiga jami 1 176 nafar yoshlar jalb etildi. Ushbu musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tuman gʻolibi boʻlgan Xolimbeg ovuli jamoasi ishtirok etdi. Andijon viloyatida oʻtkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi"da shashka musobaqalarida tumanimizning Xitoy ovulida yashovchi Sanobar Sharifboyeva 27-30 yosh toifasida ayol-qizlar oʻrtasida Respublika bosqichining mutloq chempionligiga erishdi.

Shuningdek, mazkur musobaqaning 16-21 yosh toifasidagi ayol-qizlar oʻrtasida Bobur nomli ovulida istiqomat qiluvchi Umida Ibragimova faxrli 2-oʻrinni egalladi hamda oʻz mahallasi hududiga sport maydonchasi qurib berilishi uchun maxsus sertifikatlarga ega boʻlishdi.

Sportning stol tennisi turidan Nukus shahrida oʻtkazilgan Respublika bosqichi, "B" ligasi boʻyicha oʻgʻil bolalar oʻrtasida 27-30 yosh toifasida tumanimizning Boy ovul mahallasida istiqomat qiluvchi Maʼmur Sharipov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi hamda u ham oʻz mahallasi hududiga sport maydonchasi qurib berilishi uchun maxsus sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida stritbol sport turining "B" va "C" ligasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida munosib ishtirok etgan tumanimizning Toʻlqin ovulining oʻgʻil bolalar jamoasi 22-26 yosh toifasida ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Toshkent viloyatida yengil atletika boʻyicha "B" va "C" ligada Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida munosib ishtirok etgan tumanimizning Amir Temur nomli ovulining oʻgʻil bolalar jamoasi esa 16-21 yosh toifasida faxrli 2-oʻrinni, Navoiy mahallasining ayol-qizlar jamoasi 22-26 yosh toifasida qatnashib, mutloq chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu jamoalar ham oʻz mahallalari hududiga sport maydonchasi qurib berilishi uchun maxsus sertifikatga ega boʻlishdi.

Ushbu yutuqlar haqida faxru iftixor bilan soʻz yuritgan respublika sport sohasi masʼullari "Besh tashabbus olimpiadasi"ning yuqori bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 48 nafar amudaryolik yosh sportchilarga esdalik sovgʻalarini topshirishdi. Sovgʻalarga ega boʻlgan yosh sportchilar oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibordan mamnunligini aytib, minnatdorchilik bildirishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026